12-ma’ruza. Uch sharnirli arka va ramalar


Arka o’qining ratsional shakli


Download 119.37 Kb.
bet3/3
Sana18.02.2023
Hajmi119.37 Kb.
#1210865
1   2   3
Bog'liq
12-ma\'ruza

3. Arka o’qining ratsional shakli


Agar vertikal yoyilgan yuklar ta’sirida bo’lgan uch sharnirli arkaning bosim chizig’i arka o’qiga mos kelsa, arkaning istalgan ko’ndalang kesimidagi eguvchi moment nolga teng bo’ladi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan arka o’qi arkaning ratsional o’qi deyiladi.
Ratsional o’qli arkalarning istalgan ko’ndalang kesimida faqat bo’ylama zo’riqish kuchi hosil bo’lib, arka siqilishga ishlaydi.
Misol tariqasida tekis taralgan yuklar ta’sirida bo’lgan uch sharnirli arkani ko’rib chiqamiz (6.7 a – rasm).
Arkaning o’qi ratsional shaklli bo’lishi uchun uning istalgan ko’ndalang kesimidagi eguvchi moment nolga teng bo’lishi kerak.


M(x)=M0(x)–H∙y(x)=0,
bundan
y(x)=M0(x)/H (6.7)
(6.7) ifoda arka o’qining ratsional shaklini umumiy holda ifodalovchi tenglamadir.

6.7-rasm

Bunda M0(x) – oddiy balkaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi momenti (6.7b – rasm):
M0(x)=RA∙X–q∙X2/2=q/2(L–X)X (6.8)

formulasiga asosan, keruvchi reaktsiya kuchi H ni aniqlaymiz:


(6.9)


(6.9) va (6.8) kiymatlarini (6.7) tenglamasiga qo’yamiz:
y(x)=8 f/qL2(L–x)∙xq/2=4 f/L2(L–x)x (6.10)
Demak, tekis taralgan yuk ta’siridagi arka o’qining ratsional shakli paraboladir.
Download 119.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling