12-ma’ruza. Yo‘lovchi tashish va uni rejalashtirish


Download 23.22 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi23.22 Kb.
#1788443
  1   2   3
Bog'liq
12-маъруза


12-ma’ruza . Yo‘lovchi tashish va uni rejalashtirish

Reja:

12.1. Mamlakat hayotida yo‘lovchi tashish ahamiyati
12.2. Aholining transport harakatchanlik ko‘rsatkichi
12.3. Yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari
12.4. Yo‘lovchi tashishda yo‘nalishlar va vaqt bo‘yicha tengsizliklar
12.5. Yo‘lovchi tashish va uni rejalashtirish.


12.1. Mamlakat hayotida yo‘lovchi tashish ahamiyati

Aholining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasi juda katta iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Tashishga bo‘lgan talablar xalqning ishlab chiqarish va madaniy-maishiy talablari bilan bog‘liq. Shahar atrofi poyezlarida yo‘lovchi tashish o‘ta muhim. Bu shahar atrofi poyezdlarning muntazam qatnavidan ko‘pgina korxona va tashkilotlarning ish faoliyatini samarali tashkil qilinishiga ancha ta’sir ko‘rsatadi.


Yo‘lovchi tashish ishlari transportning ish faoliyatida alohida xususiyatga ega. Bu tashish ishlari yo‘lovchi poyezdlar harakatini xavf-xatarsiz ta’minlashga, harakat jadvalga binoan qatnashiga va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasiga katta talab qo‘yadi. Yo‘lovchilarga bekatlar va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirish katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Keyingi paytlarda avtomabil transportida yo‘lovchi tashish ishlari ancha tez o‘sayotganligi sababli temir yo‘l transportining yo‘lovchi tashish ulushi barcha transportlarning bajargan yo‘lovchi oborotida ancha kamaymoqda. Bu holat aholining xususiy transportlari ko‘payishi natijasida yuzaga kelmoqda, bunday tendensiya yaqin kelajakda ham saqlanib qolish ehtimoli bor.



    1. Aholining transport harakatchanlik ko‘rsatkichi

O‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan safar yoki yo‘lovchi-kilometr aholining transport harakatchanligi deyiladi. Bu ko‘rsatkich tashilgan yo‘lovchi miqdorining yoki bajarilgan yo‘lovchi-kilometrning mamlakat aholisi sonining nisbatiga teng. Bu ko‘rsatkich quyidagi formulaga binoan aniqlanadi.








bu yerda
tashilgan (jo‘natilgan) yo‘lovchilar son, mln. kishi;
mamlakat aholisining son, mln. kishi;
yo‘lovchioborot, mln. yo‘lovchi-kilometr.
Aholining transport harakatchanlik ko‘rsatkichining o‘sishiga mamlakatda shahar aholisining o‘sishi, yo‘lovchi tashish yo‘llarining kengayishi, transport texnikalarining takomillashuvi, yo‘lovchi tashish sifatining yaxshilanishi va uni yuqori darajada tashkil qilinishi katta ta’sir ko‘rsatadi.

    1. Yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari

Temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi: shahar atrofi, mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlar. Katta sanoat korxonalari joylashgan markazlar atrofidagi temir yo‘l uchastkalarida yo‘lovchilarni shahar atrofi tarifi bilan yo‘lovchi tashishlar shahar atrofi tashishiga kiritiladi. Yo‘lovchi tashish ishlari bir temir yo‘l kompaniyasining chegarasi ichida amalga oshirilsa bunday tashishlar mahalliy yo‘nalish, agarda ikki va undan ko‘p temir yo‘llar ishtirok etsa bunday yo‘lovchi tashishlar to‘g‘ri yo‘nalish deyiladi. Mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlar yo‘lovchilarni uzoqga tashish yo‘nalishi deyiladi.


Yo‘lovchi tashishni yo‘nalish turlari bo‘yicha hisoblash temir yo‘l transportininng ish faoliyatini rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilishda katta ahamiyatga ega. Shahar atrofi va uzoq masofalarga yo‘lovchi tashish ishlari turlicha sharoit talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida yo‘lovchi tashiydigan vagonlarga va poyezdlarga, poyezdlarning turlariga, ularning qatnav oralig‘ining intervaliga, poyezdlarning boradigan masofa uzunligiga, poyezlarning oraliq bekatlarida to‘xtash soni va muddatiga turlicha talab qo‘yadi. Bundan tashqari, turli yo‘nalish turlari yo‘lovchi tashish uchun turlicha tariflar qo‘llaniladi.



    1. Yo‘lovchi tashishda yo‘nalishlar va vaqt bo‘yicha tengsizliklar


Yo‘lovchi tashish ishlarida yo‘nalish va vaqt bo‘yicha yuqori darajada tengsizliklar ro‘y beradi, chunki yoz oylarida yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talab eng maksimal darajaga yetadi, qish oylarida esa bu talab ancha kamayadi. Shuning uchun temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashish ishlari yuqori bo‘lgan paytlarda tashish ishlarini to‘liq bajarish uchun katta tashish qobiliyati rezerviga ega bo‘lishi zarur. Yo‘nalishlar bo‘yicha tengsizliklar yil davomida yuk tashishdagiga qaraganda ancha kam o‘zgaradi. Vaqt bo‘yicha tengsizlik yo‘lovchi tashishda ancha yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashish kvartallar, oylar va kunlar bo‘yicha turli xil miqdorda o‘zgarib turadi, shahar otraf poyezdlarida yo‘lovchi tashishlar kunning soatlari bo‘yicha ham o‘zgarib turadi.
Mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori yo‘lovchi tashish hajmi 3 kvartalga, va eng kam miqdori 1 kvartalga to‘g‘ri keladi. Oylar bo‘yicha esa eng yuqori tashish hajmi iyun-avgust, eng kam-yanvar va fevral.
Shahar atrofi yo‘nalishida tengsizliklar haftalarning kunlari bo‘yicha va kunlarning soatlari bo‘yicha ham yuzaga keladi. Yoz paytlarida eng yuqori yo‘lovchi oqimi dam olish kunlari, kunning soatlari bo‘yicha esa-ertalab va kechqurun haftaning barcha kunlari bo‘yicha.
Yo‘lovchi tashishdagi tengsizliklar temir yo‘l transportining ishini ancha murakkablashtiradi. Yoz oylarida va yilning barcha fasllarida aholining yo‘lovchi tashishga bo‘lgan talabini yuqori darajada sifatli qilib bajarish uchun temir yo‘l transporti doima tayyor bo‘lib turishi kerak, shu maqsadda tashish uchun yetarli darajada rezervga ega bo‘lishi kerak.



Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling