11-Ma’ruza. Temir yo‘l transportida yuk tashishni rejalashtirish


Download 39.66 Kb.
bet1/4
Sana05.04.2023
Hajmi39.66 Kb.
#1274444
  1   2   3   4
Bog'liq
11-маъруза


11-Ma’ruza. Temir yo‘l transportida yuk tashishni rejalashtirish
Reja:
11.1. Yuk tashish rejasining vazifasi va turlari
11.2. Yuklarni tashish bo‘yicha yo‘nalishlarga bo‘linishi. Yillik yuk tashish rejasining ko‘rsatkichlari.
11.3. Transport-iqtisodiy balanslar va ularning ahamiyati
11.4. Yuk oboroti va yukni o‘rtacha tashish masofasini rejalashtirish
11.5. Yuk tashishdagi tengsizliklar


11.1. Yuk tashish rejasining vazifasi va turlari

Yuk tashish rejasining asosiy vazifasi tashiladigan yuklarning hajmini, uning tarkibini va yo‘nalishini aniqlashdan iborat. Yuk tashish rejasi mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonalr bilan istemolchilar o‘rtasida, hamda tashish uchun temir yo‘l transporti bilan tuzilgan shartnomalarga asoslanib ishlab chiqiladi. Bu rejalarda xalq xo‘jaligi va xususiy biznesning yuk tashish talabini kam xarajat sarflangan holda sifatli qilib yuklarni manziliga yetkazib berish nazarda tutilishi kerak.


Yuqori sifatli darajada yuk tashish rejasini ishlab chiqish uchun tashiladigan yularning yo‘nalishni va uning tarkibini, temir yo‘l uchastkalarining tashish va poyezdlarni o‘tkazish qobilyatini, hamda temir yo‘l atrofida joylangan xududlarning iqtisodini va yuklarning tashish sharoitini yaxshi bilish kerak. Yuk tashish rejalari temir yo‘l transporti faoliyatidagi ekspluatasiya ishlari rejasining boshqa qismlarini ishlab chiqish uchun asosiy birlamchi ma’lumot hisoblanadi. Temir yo‘l transportida yuk tashish bo‘yicha quyidagi turdagi rejalar ishlab chiqiladi: kelajakga mo‘ljallangan, yillik va qisqa muddatli operativ rejalar.
Kelajakga mo‘ljallangan va yillik rejalarni kompaniyaning iqtisodiyot xizmati, yuk tashish bo‘yicha qisqa muddatli rejalarni esa kompaniyaning yuk tashishni rejalashtirish bo‘limi ishlab chiqadi. Kelajaga mo‘ljallangan yuk tashish rejasida tashiladigan yuklarning umumiy hajmi, yo‘nalishlar va uchastkalar bo‘yicha yuk oqimlari belgilanadi. Bu ma’lumotlar temir yo‘l transportini rivojlantirish va rekonstruksiya ishlarini rejalashtirish uchun asos bo‘ladi (yangi va ikkinchi temir yo‘l izlarini qurish, temir yo‘l izlarini elektrlashtirish, yangi vagon va lokomotivlar olish va boshqalar). Yillik yuk tashish rejasi ancha ko‘p ko‘rsatkichlar va keng miqdorda turli xil nomli yuklar bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Qisqa muddatli (operativ) rejalar (uch oylik va bir oylik) 40 nomdan ortiq yuklar bo‘yicha ishlab chiqiladi. Oylik tashish rejasi bo‘yicha kundalik tashish ishlari amalga oshiriladi. Agar kelajak va yillik rejalari faqat yuklarni jo‘natish reja sifatida xizmat qilsa, operativ rejalarda yuklarni jo‘natuvchi, yuklarni qabul qiluvchi va tashish uchun mo‘ljallangan yuklarning hajmi aniq ko‘rsatiladi.
Yuk tashishda 3 oylik va 1 oylik (kvartalniy i mesyachniy) muddatlarga mo‘ljallangan rejalar operativ rejalar deyiladi. Bular yillik rejalarga nisbatan ko‘proq turli xil yuklar bo‘yicha yuk jo‘natuvchilarning talabnomalariga binoan operativ rejalar ishlab chiqiladi. Korxonalarning aniq ishlab chiqarish sharoitini hisobga olgan holda kvartal va bir oy maboynida tashish ishlariga bo‘lgan talabni aniqlash operativ rejlashtirishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Operativ rejalarning bir yillik yuk tashish rejalardan farqi shundaki bu rejalar ma’lum bir mahsulot turlari bo‘yicha, barcha yuk jo‘natuvchilar, yuklar jo‘natiladigan bekatlar, yuklarning vagonlardan tushiriladigan bekatlari va qaysi kompaniyaga borishi ko‘rsatiladi. Bu operativ rejalarni ishlab chiqish tartibi va muddati yuk tashishni rejalashtirish qoidalarida belgilangan.



Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling