11-Ma’ruza. Temir yo‘l transportida yuk tashishni rejalashtirish
Transport-iqtisodiy balanslar va ularning ahamiyati
Download 39.66 Kb.
|
11-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4. Yuk oboroti va yukni o‘rtacha tashish masofasini rejalashtirish
11.3. Transport-iqtisodiy balanslar va ularning ahamiyati
Ma’lum xududlar bo‘yicha kelib tushadigan (pribitiya), jo‘natiladigan (otpravleniya), chiqib ketadigan (vivoz) va kirib keladigan (vvoz) yuklarni aniqlash uchun transport-iqtisodiy balanslar ishlab chiqiladi (transportno-ekonomicheskiye balansi-TEB). Transport-iqtisodiy balanslar ishlab chiqarish, moddiy-texnika ta’minoti, va yuk tashish rejalarining muazanatini ta’minlavchi ko‘rsatkichlar tizimi. Bular ikki qismdan iborat: xududda mavjud mahsulotlar va mahsulotlarg shu xududda bo‘lgan ehtiyoj miqdori. Agarda ma’lum mahsulot shu xududda talab darajasidan ko‘p bo‘lsa uni jo‘natish kerak, agardan u mahsulot talab darajasidan kam bo‘lsa uni boshqa joydan olib kelish zarur. Balanslar faqat asosiy mahsulotlar uchun tuziladi. Bu mahsulotlarni is’temol qilish miqdorini mo‘ljallangan ishlab chiqarish dasturi, mahsulot birligiga yoqilg‘i, ashyo va ehtiyot qismlar sarfi progressiv me’yoriy normativlar asosida aniqlanadi. Transport-iqtisodiy balanslar xududlarda ma’lum mahsulotlarning keragidan ortiqligini va yetishmasligini aniqlashga imkon beradi. 11.4. Yuk oboroti va yukni o‘rtacha tashish masofasini rejalashtirish Temir yo‘l transporti kompaniyasining yuk oborotini aniqlash uchun shu temir yo‘l xududidan jo‘natilayotgan yuklarning miqdori qancha va bu yuklar qayerlarga jo‘natilmoqda, kompaniyaga kirib kelayotgan yuklar qaysi bekatlargacha keladi, hamda kompaniya xududidan o‘tib ketadigan (tranzit) yuklar hajmini bilish kerak. Yuk oborotining hajmini belgilash uchun temir yo‘l uchastkalaridan o‘tadigan yuklar oqimi va yuklar zichligi asos qilib olinadi. Ma’lum bir vaqt mobaynida (yil, kvartal, oy) temir yo‘l uchastkasidan o‘tadigan yuklar miqdori yuk oqimi deb otalaladi. Yuk oqimi har bir bekatdan jo‘natilayotgan va boshqa temir yo‘llar bilan tutashgan chegara bekatlarga kelayotgan yuklar miqdoriga binoan aniqlanadi. Yuk oqimi kompaniyaning har bir temir yo‘l uchastkasi bo‘yicha “u yoqqa” va “orqaga” ikki yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi. Ikki yo‘nalish bo‘yicha hisoblangan “u yoqqa” va “orqaga” yuk oqimining yig‘indisi uchastkaning tashish zinchligi deyiladi (G). Tonnada ifodalangan uchastka zichligining (G) shu uchaskaning kilometrda ifodalangan masofasiga ko‘paytirib tonna-kilometr o‘lchamida yuk oboroti aniqlanadi. tonna-km Kompaniya bo‘yicha yuk oboroti miqdori barcha temir yo‘l uchastkalar yuk oborotining yig‘indisiga teng. tonna-km Yuk oboroti tarif va ekspluatasiya tonna-kilometr bo‘yicha rejalashtiriladi. Tarif bo‘yicha tkm yuk turlari bo‘yicha, ekspluatasiya tkm esa barcha turdagi yuklar uchun umumiy ravishda hisoblanadi. Tarif bo‘yicha tonno-kilometr eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha, ekspluatasiya tonno-kilometr yukning haqiqiy bosib o‘tgan masofasi bilan aniqlanadi. Yukning vagonga yuklangan bekatidan to vagondan tushiriladigan bekatgacha bosib o‘tgan yo‘lining uzunligi yukning o‘rtacha tashish masofasi deyiladi, bu ko‘rsatkich quyidagi formulaga binoan aniqlanadi. km, bu yerda umumiy yuk oborotining miqdori, tkm; yuk turlari bo‘yicha tashish miqdori,tonna. Yuklarni o‘rtacha tashish masofasi kompaniya bo‘yicha barcha yuklar va ko‘p miqdorda tashiladigan yuklarning olahida turlari, hamda ularning yo‘nalishlari bo‘yicha aniqlanadi (mahalliy va to‘g‘ri yo‘nalishlar). O‘rtacha tashish masofasining o‘zgarishi transport-iqtisodiy aloqalarning maqsadga muvofiqligini tariflaydi, uning kamayishi xalq-xo‘jaligi nuqtai nazaridan qaraganda ijobiy bohalanadi. Temir yo‘l transporida o‘rtacha tashish masofasining kamayishi yillik sarf-xarajatlar miqdorining kamayishiga, vagon aylanishining tezlashishiga, yuklarni manziliga yetkazib berish muddatining kamayishiga, harakatdagisostavlarga bo‘lgan talab darajasining kamayishiga olib keladi va temir yo‘l uchastkalarining o‘tkazish qabiliyatini ancha tejaydi. O‘rtacha tashish masofasining o‘sishi xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar natijasida eksport va import yuklarining ko‘payishi o‘rtacha tashish masofasining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari yuklarni juda uzoq masofalarga, takror va qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘yicha tashish, hamda boshqa nerasional tashish ishlarining mavjudligi o‘rtacha tashish masofasining uzayishiga olib keladi. Tashilgan yuk va yuk oboroti miqdoriga mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibi, ishlab chiqarish kuchlarining mamlakat xududida joylashganligi, transport-iqtisodiy aloqalar xususiyati, barcha turdagi transportlar o‘rtasida tashish miqdorining taqsimlanishi, xorijiy davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarining o‘sish darajasi, amaldagi tashish va moddiy-texnika ta’minotini rejalashtirish va tashkil qilish tizimi va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Tonna birligida tashilgan yuk miqdorining ma’lum vaqt birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotga bo‘lgan nisbati tashish koeffisiyenti deyiladi. Bu koeffisiyent miqdorini barcha transportlar tashigan yuklar yig‘indisiga asoslanib hisoblash aniq natija beradi. Download 39.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling