11-Ma’ruza. Temir yo‘l transportida yuk tashishni rejalashtirish


Download 39.66 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi39.66 Kb.
#1274444
1   2   3   4
Bog'liq
11-маъруза

11.2. Yuklarni tashish bo‘yicha yo‘nalishlarga bo‘linishi. Yillik yuk tashish rejasining ko‘rsatkichlari

Yuk tashish bo‘yicha yillik rejada tashiladigan (jo‘natiladigan) yuklarning umumiy hajmi tonna miqdorida belgilanadi. Kompaniya bo‘yicha tashiladigan yuklarning umumiy hajmi kompaniyadan jo‘natiladigan yuklar, boshqa temir yo‘llardan qabul qilinadigan yuklardan iborat. Kompaniyadan jo‘natiladigan va qabul qilinadigan yuklar yig‘indisi kompaniyaga keladigan va boshqa temir yo‘llarga topshiriladigan yuklar yig‘indisiga teng.


Kompaniya bo‘yicha tonna o‘lchamida tashiladigan yuklarning umumiy hajmi mahalliy (mestnoye) va to‘g‘ri (pryamoye) yo‘nalishlarga (soobsheniya) bo‘linadi. To‘g‘ri yo‘nalish bu kompaniyaga kirib keladigan (vvoz), chiqib ketadigan (vivoz) va to‘g‘ri o‘tib ketadigan (tranzit) yuklardan iborat. Kirib keladigan (vvoz) bu boshqa davlatlarning temir yo‘llarida vagonlarga yuklangan bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” bekatlarida vagonlardan tushiriladigan yuklar. ×iqib ketadigan (vivoz) bular “O‘TY” bekatlarida vagonlarga yuklanib, boshqa davlatlarning temir yo‘llari bekatlarida tushiriladigan yuklar. Boshqa davlatlarning temir yo‘llarida vagonlarga yuklanib, “O‘TY”-dan o‘tib boshqa temir yo‘llarning bekatlarida tushiriladigan yuklar tranzit yuklar deyiladi. Bir temir yo‘l kompaniya’ning chegarasidan boshqa temir yo‘llarga chiqmay, shu temir yo‘ldagi bekatlarda vagonlarga yuklangan va vagondan tushiriladigan, mazili ham shu temir yo‘lning bekatlarida bo‘lsa bu yuklar mahalliy yuklar deyiladi. Boshqa temir yo‘llardan qabul qilingan yuklar kirib keladigan (vvoz) va o‘tib ketadigan (tranzit) yuklar yig‘indisiga teng, boshqa temir yo‘llarga topshirildigan yuklar esa shu temir yo‘ldan chiqib ketadigan (vivoz) va tushirilmay boshqa yo‘llarga o‘tib ketadigan (tranzit) yuklar yig‘indisiga teng. Jo‘natilgan yuklar (otpravleniye) mahalliy (mestniy) va chiqib ketadigan (vivoz) yuklar yig‘indisiga, kelgan yuklar (pribitiya) esa kirib kelgan (vvoz) va mahalliy (mestniy) yuklar yig‘indisiga teng.
Yuklarni yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash vagonlarning o‘rtacha aylanish vaqtini (oborot vagona), harakatdagi sostavlardan foydalanish sarf-xarajatlarini va daromadlar miqdorini to‘g‘ri hisoblash uchun kerak.
O‘rtacha bir sutkada yuklanadigan vagonlar soni quyidagicha aniqlanadi
vagon,
bu yerda -yil mobaynida jo‘natiladigan yuklar miqdori, tonna;
reja bo‘yicha vagonning o‘rtacha statistik yuklamasi,
tonna.
Yillik yuk tashish rejasida temir yo‘l uchastkalari bo‘yicha yuk oqimlari, umumiy yuk oborotining miqdori, o‘rtacha yuk tashish masofasi, katta bekatlar bo‘yicha vagonlarga yuklanadigan va vagonlardan tushiriladigan yuklar miqdori belgilanadi.



Download 39.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling