Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:
– zaruriyatsiz bahslashmaslik;
– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki
mavzuni o‘zgartirmaslik;
– bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni
to‘xtatish;
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish;
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘z va muxolifining fikrlaridan
xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri bo‘lsa,
isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.;
– bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik.
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish
tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |