12-mavzu: avtomobil yo‘llarini qidiruvida yer usti fototopografik va aerotasvir reja


-rasm. Aerosuratlarda qabul qilingan fotogrammetrik koordinata tizimi: a) – fazodagi


Download 8.35 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2024
Hajmi8.35 Kb.
#1838311
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu avtomobil yo‘llarini qidiruvida yer usti fototopografi-fayllar.org

14.7-rasm. Aerosuratlarda qabul qilingan fotogrammetrik koordinata tizimi: a) – fazodagi;
b)- fotosuratdagi.
Suratlarni deshifrovka qilish va topografik xarita tuzish;
Joyni suratdagi tasvirini ajrata bilish, ob’ektlarni xarakteristikalarini aniqlashga deshifrovka deyiladi.
12.8-rasm. Qishloq xududining ko‘rinishi va uning deshifrovkasi:

1)-qishloq; 2)-imoratlar; 3)-tomorqa; 4)xaydalgan yer ; 5)-darxt ekilgan joylar; 6-)jarlik; 7)-dala yo‘li; 8)-daraxtzor orasidan o‘tgang yo‘l; 9)-alohida turgan daraxt; 10)-nam haydalgan yer; 11)-irmoq ; 12)-avtomobil yo‘li; 13)-o‘rmon.
Deshifrovka to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita turlariga ajratiladi. To‘g‘ridan- usulida ob’ektlarni shakli, o‘lchami, rangi va boshqa tasniflariga ko‘ra ajratilsa, bevosita turida ob’ektlarni tabiatdagi bog‘lanishlariga asoslangan. Misol tariqasida keltiradigan bo‘lsak imoratlar-to‘g‘ri burchak shaklida, o‘rmon va bog‘lar bodroq-bodroq bo‘lishligi, haydalgan yerlarni namligi uni qora rangda ko‘rinishi, soylarni oqim yo‘nalishini aniqlashda ularni oqim tarafga kengayib borishligi va h.o. deshifrovka belgilarini bildiradi. 12.8-rasmda qishloq xududining aerosurati va uning deshifrovkasi keltirilgan.
Aerosuratlar bo‘yicha xarita yaratish. Dala ishlari aerosuratlar bo‘yicha kartalarni yaratish texnologiyasiga:
− uchuvchi apparatlarda joyni suratga olish, marshrutlarni belgilash, uchish balandligi va aerosurat balandligini aniqlash va so‘ngida fotosurat materiallarini qayta ishlash;
−suratlarni davlat shahobchalariga bog‘lash bo‘yicha qidiruv dala ishlari, yaniy joyida,keyinchalik suratda yaqqol ko‘zga tashlanadigan nuqtalar (belgilar) tanlash va ularni koordinatalarini aniqlash bo‘yicha qidiruv o‘lchash ishlarini olib borish);
−suratlarni deshifrovka qilish (joydagi ob’ektlarni o‘qiy bilish, ajratish);
−foto chizmalar yaratish, fotogrammetrik asboblarda (12.9-rasmda amaliyotda qo‘llanilayotgan fotogrammetrik asbob majmuasi keltirilgan) xaritalar tuzish va joyning sonli modelini yaratish uchun GIS tizimi va boshqa avtomatlashtirilgan tizimlarga materiallar tayyorlash ishlari kiradi.


14.9-rasm.Fotogrammetrik asbob majmuasi:
1-Stereokomparator; 2-Boshqaruvchi blok; 3- Koordinatagraf


Nazorat savollari:
1) Fototopografik tasvir olish asboblari xaqida tushuncha bering;
2) Fototopografik tasvir olishning moxiyati va mazmuni;
3) Aerofoto tasvir olishning mazmun va moxiyati;
4) Dishshafrovka qilishning mazmun va moxiyati;
5) Aerosuratlar bo‘yicha xarita yaratish xaqida ma’lumot bering;
http://fayllar.org
Download 8.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling