12-mavzu C++ dasturlash tilining asosiy konstruktsiyalari va tizimda qo’llash xususiyatlari. Reja


Download 40.51 Kb.
bet3/8
Sana08.01.2022
Hajmi40.51 Kb.
#243875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu C dasturlash tilining asosiy konstruktsiyalari va tizimda qo’llash xususiyatlari.

#include // sarlavha faylni qo‘shish

int main() // bosh funksiya tavsifi

{ // asosiy blok boshlanishi

cout<< “Kompyuter olami !\n”; // satrni chop etish

return 0; // funksiya qaytaradigan qiymat

} // asosiy blok tugashi
Dasturning 1-satrida “#include” preprotsessor ko‘rsatmasi bo‘lib, dastur kodiga standart oqimli o‘qish-yozish funksiyalari va uning o‘zgaruvchilari e’loni joylashgan «iostream.h» sarlavha faylini qo‘shadi (mnemonika: ‘i’(input) - kiritish (o‘qish); ‘o’(ouput) - chiqarish (yozish); “stream”- oqim; ‘h’(head) – sarlavha). Kelishuv bo‘yicha standart oqim ekranga chiqarish hisoblanadi. Keyingi qatorlarda dasturning yagona, asosiy funksiyasi - main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, C++ dasturida, albatta, main() funksiyasi bo‘lishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan o‘z ishini boshlaydi. Funksiya nomi oldidagi “int” kalit so‘zi funksiya bajarilishi natijasida qaytaraladigan qiymat turini bildiradi. Bunday holat funksiyaning matematikadagi tavsifiga mos keladi. Keyingi qatordan funksiya tanasi - figurali qavsga olingan amallar ketma-ketligi keladi. Bizning holda funksiya tanasi ikkita amaldan iborat. Birinchisi, konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qo‘llangan. Buning uchun «iostream.h» sarlavha faylida aniqlangan cout obyektidan foydalanilgan. Uning formati quyidagi ko‘rinishda:

cout < ;

Bu yerda “<< “ – ma’lumot uzatish amali («..ga joylashtir»), sifatida o‘zgaruvchi yoki sintaksisi to‘g‘ri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin (keyinchalik, burchak qavs ichiga olingan o‘zbekcha satr ostini til tarkibiga kirmaydigan tushuncha deb qabul qilish kerak). Ikkinchisi, funksiya o‘z ishini tugatganligini anglatuvchi va undan chiqishni amalga oshiruvchi “return 0;” operatoridir. Odatda, bajarilishi normal tugagan funksiyalar operatsion sistemaga 0 qiymatini qaytaradi. Shu qoidagi rioya qilgan holda dastur ham 0 qiymatini qaytaradi.



Download 40.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling