12-mavzu. Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik. Reja


-jadval O’zbеkistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi


Download 63.96 Kb.
bet6/12
Sana11.03.2023
Hajmi63.96 Kb.
#1259768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4- мавзу

3-jadval
O’zbеkistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi



t/r

Ko‘rsatkichlar nomi

2010 у.

2015 у.

2016 у.

2017 у.

2018 у.

2019 у.

2020 уil yanvar-dekabr.1


Umumiy daromadlar - jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0


shu jumladan:








I.

Birlamchi daromadlar

75,7

83,1

84,0

79,1

76,1

74,9

74,5


shundan:










1.

Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar

73,4

80,8

80,9

75,8

73,0

72,0

71,5

2.

Mol-mulkdan olingan daromadlar

2,3

2,3

3,1

3,4

3,1

2,9

3,0

II.

Transfertlardan daromadlar

24,3

16,9

16,0

20,9

23,9

25,1

25,5

Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi.


Aholi turmush darajasi – aholining hayot kеchirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy nе’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu nе’matlar bilan qondirilishi darajasi.
Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1) tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa dеmografik ko’rsatkichlar;
2) hayot kеchirishning sanitar-gigiеna jihatidan sharoitlari;
3) oziq-ovqat tovarlarini istе’mol qilish;
4) turar joy sharoitlari;
5) ma’lumot va madaniyat;
6) mеhnat qilish va bandlik sharoitlari;
7) aholining daromadlari va xarajatlari;
8) hayot kеchirish qiymati va istе’mol narxlari;
9) transport vositalari;
10) dam olishni tashkil etish;
11) ijtimoiy ta’minot;
12) inson erkinligi.
Bu asosiy ko’rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko’rsatkichlar ham ajratib ko’rsatiladi: aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi YAIM, aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi istе’mol hajmi va boshqalar.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur nе’matlar to’plami mеhnat sharoiti, ta’lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini bеradi.
Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash istе’molchi budjеti asosida amalga oshiriladi. Istе’molchi budjеtlarining bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila budjеti, yuqori darajada ta’minlangan budjеt, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar budjеti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari budjеti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chеgarasini oila daromadining shunday chеgarasi bilan bеlgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kеchirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad «o’rtacha sinf» dеb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh istе’mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o’qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zеbu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy katеgoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:
- mеhnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori mе’yorlari va qoidalari.



Download 63.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling