12-mavzu. Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik. Reja
Download 63.96 Kb.
|
4- мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Asosiy tayanch tushunchalar:
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori. Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi. Ixtiyorida bo’lgan daromad – barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir. Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi. Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosat. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta’minlashda aholi daromadlarini shakllantirish siyosatining roli qanday? Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni sanab ko’rsating. Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini qanday ko’rsatkichlar xarakterlab beradi? Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko’rsating va ularga tushuntirish bering. O’zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi davrdagi asosiy yo’nalishlariga o’z fikringizni bildiring. 1 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 584-bеt. 2 Karimov I.A. Islohotlar va invеstitsiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kеngash yig’ilishidagi ma’ruzasi. «Хalq so’zi», 2000 yil 2 fеvral. 11 Qarang: Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. - T.: O’zbеkiston, 1995, 119-138 bеtlar. 3 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 27-b. Download 63.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling