12-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizm: qarshi kurash strategiyasi


Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilar hisoblanadi


Download 31.22 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi31.22 Kb.
#1570705
1   2
Bog'liq
rO0re6IAOwPlsbfhYbK0hrNiizjaMqXFoyP4RM8H

Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilar hisoblanadi:

  • banklar va boshqa kredit tashkilotlari;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari;

  • birja a'zolari;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari;

  • lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar;

  • pul o‘tkazmalari, to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;

  • lombardlar;

  • tavakkalchilikka asoslangan lotereya va boshqa o‘yinlarni o‘tkazuvchi tashkilotlar;

  • qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;

  • xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarda ishtirok etuvchi shaxslar;

  • notarial idoralar (notariuslar);

  • advokatlik tuzilmalari (advokatlar) va auditorlik tashkilotlari – mijozlar nomidan bitimlar tayyorlashda va amalga oshirishda; kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar.

Maxsus vakolatli davlat organi yuborilgan xabarlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha muntazam ravishda tashkilotlarni hamda ularni nazorat qiluvchi organlarni xabardor qiladi.
Xalqaro hamkorlik O‘zbekistonning vakolatli davlat organlari yoki xorijiy davlatlar vakolatli organlari xalqaro so‘rovlariga yoki o‘z tashabbuslariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatda belgilanishicha, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat tashkilot moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan amalga oshiriladi.
Monitoring tashkilotlar taqdim etgan hisobotlar, statistik va boshqa ma'lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tahlil qilish va o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Monitoringni amalga oshirishda tashkilotlarga tashrif buyurish, shuningdek tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan ma'lumotlarni talab qilib olish man etiladi.
Nazorat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari ijrosi holatini tashkilotga chiqqan holda o‘rganish orqali o‘tkaziladi. Nazorat davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari doirasiga kirmaydigan masalalarni o‘rganish taqiqlanadi.
Mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoviy, ilmiy, axloqiy salohiyatini yuksaltirish, ularda yurt istiqloliga sadoqat, milliy-ma’naviy, umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish, jamiyatimizda diniy aqidaparastlikning har qanday ko‘rinishlarining oldini olish, o‘lkamizda ijtimoiy-ma’naviy va siyosiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, huquqiy demokratik davlat asoslarini mustahkamlash maqsadida ham bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi PQ-5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida” qabul qilingan Qaroriga ko‘ra:
- ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
- oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
- targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
- el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
- madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
- geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish kabi masalalar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasida muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zo‘ravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan g‘oyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi, deb belgilangan.
Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1842-moddasiga asosan Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutilgan. Shuningdek, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida xuddi shunday qilmish takroran sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 2443-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish maqsadida tayyorlanadigan diniy mazmundagi mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazishda ularning mohiyati davlatimiz siyosati, milliy istiqlol g‘oyasi va diniy ta’limotlarga zid emasligi, bunday mahsulotlarga qay darajada ehtiyoj mavjudligi, ular diniy da’vat va missionerlikka, aholi o‘rtasida ixtilof va ziddiyatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’lumki, O‘zbekiston dunyoviy davlat hisoblanadi. Shu bois qonunga xilof tarzda dinga dav’at etish, undash ta’qiqlanadi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2021-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 2161-moddasiga muvofiq, yuqoridagi qonunbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Chunki, har bir fuqaro istagan dinga e’tiqod qilish, yoki hech bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Shu bilan birga, vijdon erkinligi konstitutsiyaviy kafolatlangan fuqarolar erkinligi hisoblanadi.
Biron-bir fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu haqida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasida ham aytib o‘tilgan bo‘lib, diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Mazkur moddaga ko‘ra, «Maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashklot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek, xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish» ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, bunday harakat uchun eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga qamoqqa olish jazosi belgilanadi.
Jinoyat kodeksining 2292-moddasiga asosan maxsus diniy maʼlumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy taʼlimotdan saboq berish, xuddi shuningdek, xususiy tartibda diniy taʼlimotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Shunday ekan, xususiy tartibdagi diniy ta’lim javobgarlikka asos bo‘ladi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi Qonunning 3-moddasiga muvofiq, diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni o‘zi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy ta’lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish – qonunga xilof diniy faoliyat hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur Qonunning 8-moddasida belgilanidek, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan bo‘lib, ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga (bundan diniy ta’lim muassasalari mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanadi. Har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega. Diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinadi.
Diniy professional ta’lim olgan shaxslar diniy ta’lim muassasalarida diniy fanlarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga egadir.
Diniy o‘quv muassasalari faoliyati, ularni tuzish tartibi, faoliyatini to‘xtatish asoslari «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Bu komissiya ishchi organi funksiyasini Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bajaradi.
Diniy ekstremizm va u bilan bog‘liq holda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish uchun eng avvalo, kishilarni, ayniqsa, yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning o‘ziga xos huquqiy mexanizmi fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash va tarqatishni tartibga solish, shuningdek, din bilan bog‘liq turli nizolarning oldini olish orqali yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda o‘ziga xos xizmat qilmoqda.
Download 31.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling