12-mavzu: ehmda turli XIL hujjatlarni tayyorlash


Download 29.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi29.5 Kb.
#1164187
Bog'liq
12-mavzu


12-mavzu: EHMda turli xil hujjatlarni tayyorlash.

Hayotimizni turli-tuman hujjatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Inson tug’ilishi bilan unga tug’ilganlik haqida guvohnoma tayyorlanadi, salomatlik varaqasi ochiladi va h.k .Matn protsessorlsrida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa o’lchami, satrlar orasidagi masofa, hoshiya va h...lar belgilab olinadi.Ular hujjatlarning parametrlari deb yuritiladi.Matnli hujjat quyidagicha tayyorlanadi: “Fayl” menyusidan “Hosil qilish”(Создать) buyrug’I tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa vujudga keladi. Bu ishni standart uskunalar panelidagi “Hosil qilish” tugmasini bosish bilan ham amalga oshirish mumkin. Shu bilan matnli hujjat tayyorlash jarayoni boshlanadi. Yaratilayotgan matnli hujjat hususiyatlariga qarab yuqorida aytib o’tilgan parametrlar mos ravishda o’rnatiladi.


Matn kiritish murakkab ish emas. Bu yerda klaviaturadan foydalanish mahorati katta axamiyatga ega. Ma’lumki. Matn gaplardan, gaplar so’zlardan, so’zlar esa harflardan tashkil topadi. Bundan tashqari, matnda tinish belgilari va maxsus belgilar ham ishlatiladi. Bu belgilarning hammasi klaviaturada mavjud. Shu sababli mazkur klavishlarning klaviaturada joylashish tartibini qancha yaxshi bilsangiz, matn terish shuncha oson bo’ladi. Buning uchun kerakli belgili klavishlarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishga mos belgi ishchi maydonning yurgich(kursor) ko’rsatib turgan yeriga yoziladi va yurgich bir o’rin o’ngga suriladi.Bundan tashqari, kursor harakatini boshqaruvchi yana bir nechta klavishlar bor.Ularning eng muhimi “Enter” klavishidir. “Enter” klavishi bosilganda yurgich keyingi qator boshiga ko’chadi. Bu matnda abzas tugab,yangi abzas boshlanganini bildiradi.Yurgich harakatiniyo’nalish klavishalari ham boshqaradi. “ Chapga”, ” o’ngga”, ”pastga”, ”yuqoriga” yo’nalish klavishalari yurgichni mos ravishda chapga, o’ngga, pastga, yuqoriga siljitadi.
Ba’zi klavishlarda ikkita yoki uchta belgining tasviri tushirilgan. Bunday klavishni bosganda, unda tasvirlangan belgilardan qay biri ekranga chiqarilishikompyuter va klaviatura qaysi holatda ishlayotganiga bog’liq. Alifboning kichik harflari “quyi registr”, bosh harflari “yuqori registr” belgilari deyiladi. Kompyuter ishga tushirilganda klaviatura odatda quyi registr holatida bo’ladi. Yuqori registr belgilarini ekranga chiqarish uchun kerakli klavish “Shift” klavishi bilan birgalikda bosiladi.
Ba’zan matnning biror qismini faqat bosh harflarda yozishga to’g’ri keladi. Bunday holda, odatda , “Caps Lock” klavishidan foydalaniladi. Bu klavish bosilganda klaviaturaning o’ng yuqori qismida “Caps Lock” indikatori yonadi va klaviatura yuqori registr holatiga o’tadi. “Caps Lock” klavishi qaytadan bosilsa, “Caps Lock” indikatori o’cadi va klaviatura quyi registr holatiga qaytadi.
Hosil qilingan matnni diskda saqlab qo’yish lozim. Buning uchun matnni oxirigacha yozib borishni kutish shart emas. Odatda, matn kiritilishi boshlanishi
Bilan uni diskga saqlab, matn yozib bo’linguvcha vaqt-vaqtii bilan saqlab turish maqsadga mofiq . CHunki turli sabablarga ko’ra computer o’chib qolishi mumkun . Bu holda diskda matining oxirigai marta saqlangan qismi qoladi.
Download 29.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling