4-mavzu: Tez yozishni mashq qilamiz


Download 42 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi42 Kb.
#1205058
Bog'liq
4-mavzu


4 – MAVZU: Tez yozishni mashq qilamiz. Klaviatura trenajorida mashqlar.
Klaviaturaning har bir klavishi ustida bir nechta belgi (harf,son,so’zlar) yozilgan. Agar biror klavish bosilsa yoki klavishlar birgalikda bosilsa nima hodisa ro’y beradi degan savolga javob beramiz. Klaviatura,odatda,quyidagicha tashkil etilgan bo’ladi:
☼lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari;
☼maxsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar;
☼kursorni boshqaruvchi klavishlar;
☼funksional klavishlar;
☼yordamchi klavishlar majmui;
☼yonib yoki o’chib turgan indikatorlar.
Bir harf sig’adigan bo’sh joy( probe) qoldirish uchun “probel” klavishi bir marta bosiladi.Bosh(katta) lotin harflari yoki raqamlarning yuqorisidagi(umuman,klavishlarni yuqori qismida joylashgan) belgilarni yozish uchun “Shift” klavishini bosib turilgan holda harf yoki belgilarga mos klavishlar birma-bir bosib chiqiladi. Bunday yozish usuli ‘’Klavishlarni birgalikda bosish’’ deyiladi.
Ikkinchi usulda ‘’ Caps Lock’’ klavishi bosiladi. Natijada ‘’Caps’’ indikatori yonadi hamda klavishlar orqali faqat bosh harflarni yozish mumkin bo’ladi.
Bu holda Shift klavishini bosib turib harflar yozilsa, kichik harflar yoziladi. Faqat kichik harflarni yozish uchun yana ‘’Caps Lock’’ klavishi bosiladi.
Yordamchi klavishlar majmui yordamida kursorni boshqarish (Num Lock indikatori o’chiq holda) yoki raqamlar va arifmetik amal belgilarni kiritish (Num Lock indikatori yongan holda) mumkin.. Num Lock indikatorini yoqish yoki o’chirish uchun Num Lock klavishi bosiladi.
Kompyuter yordamida biror matn (xat, referat,…) hosil qilish uchun biz, albatta, klaviaturadan foydalanamiz. Matnni tez va bexato terish uchun klaviaturadagi klavishlarning joylashishini yaxshi bilib olish kerak bo’ladi. Har qanday hunarni egallash uchun tinimsiz mashiq qilish lozim.Klaviaturadan unumli foydalanish uchun ham juda ko’p mashq qilish zarur. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Maxsus klavishlarning vazifalari jadvali:

Enter <┘

Amal yoki buyruqni kompyuterga kiritadi.

Esc

Oxirgi amalni bekor qiladi.

Tab

Kursorni 7 ta belgidan keyinga o’tkazadi.

Ctrl

Boshqa klavishlar bilan birgalikda ishlatiladi.

Alt

Boshqa klavishlar bilan birgalikda ishlatiladi.



Kursordan chapdagi harf yoki belgini o’chiradi.

Insert

Harf yoki belgini almashtiradi.

Delete

Kursordan o’ngdagi harf yoki belgini o’chiradi.

Num Lock

Yordamchi klavishlar majmuini raqamlar holatiga o’tkazadi.

Home

Kursorni satr boshiga o’tkazadi.

End

Kursorni satr oxiriga o’tkazadi.

PgUp

Kursorni avvalgi sahifaga o’tkazadi.

PgDn

Kursorni keyingi sahifaga o’tkazadi.

/ →

Kursorni bir belgi oldinga / keyinga o’tkazadi.

/ ↓

Kursorni yuqoridagi / quyidagi satrga o’tkazadi.


Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling