12-mavzu: Elka-bosh poyasi. O'mrov osti arteriyasi. Qo'lning qon tomirlari
Download 21.2 Kb.
|
12 mavzu
Tirsak arteriyasi — a. ulnaris
Tirsak arteriyasi — a.ulnaris bilakning tirsak suyagi sohasida joylashadi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi: 1. a.recurrens ulnaris — tirsak sohasidagi orqaga qaytuvchi arteriya. Oldingi — r.anterior va orqa — r.posterior shoxlarga bo'linadi. Bu arteriya tirsak bo'g'imi sohasidagi arterial to'rni hosil etishda qatnashadi. Tirsak bo'g'imining arterial to'rini hosil etishda quyidagi arteriyalar ishtirok etadi: a.collateralis superior et inferior (a.brachialis dan), a.collateralis media (a.profunda brachii dan), a.recurrens radialis (a.radialis dan), a.recurren ulnaris (a.ulnaris dan). Bu arteriyalarining qo'shilishidan tirsak bo'g'imi sohasida arterial to'r — rete articulare cubiti hosil bo'ladi. 2 a.interossea communis — suyaklararo umumiy arteriya. Bilak va tirsak suyaklari orasidagi parda sohasida bu arteriya ikki tarmoqqa ajraladi: a) a.interossea anterior bilakning oldingi mushaklarining chuqur guruhini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan o'rtaliqdagi nerv bilan yo'naladigan a.comitans nervi median ajratadi. b) a.interossea posterior —suyaklar orasidagi pardani teshib o'tib, bilakning orqa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan teshib o'tuvchi — r.perfarans va tirsak bo'g'imiga qaytuvchi — a.interossea recurrens ajraladi. 3. r.carpeus palmaris — kaft usti suyaklarining oldingi yuzasida tarqaladi. Bilak arteriyasining shunday tarmog'i bilan qo'shilib, kaft usti suyaklari sohasidagi oldingi arterial to'r — rete carpi palmare ni hosil qiladi. 4. r.palmaris profundus — kaftning chuqur arteriyasi bilak arteriyasi bilan qo'shilib, kaftning chuqur arterial ravog'i — arcus palmaris profundus hosil bo'ladi. Download 21.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling