12-mavzu: Elka-bosh poyasi. O'mrov osti arteriyasi. Qo'lning qon tomirlari


Download 21.2 Kb.
bet3/5
Sana07.05.2023
Hajmi21.2 Kb.
#1439869
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 mavzu

Yelka arteriyasi — a.brachialis
Qo'ltiq osti arteriyasi yelka sohasida yelka arteriyasi — a.brachialis ga davom etadi. Yelka arteriyasi — arteria brachialis quyidagi tarmoqlarni chiqaradi:
1. a.profunda brachii — yelkaning chuqur arteriyasi. Bu arteriya n.radialis bilan birga yelkaning orqa sohasiga o'tadi va yelkaning orqa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Yelkaning chuqur arteriyasining oxirgi tarmoqlari:
a) a.collateralis media tirsak bo'g'imiga yo'naladi va tirsak arteriya qon tomirlari to'rini hosil etishda qatnashadi.
b) a.collateralis radialis — bilak tarafdagi yonlama arteriya — tirsak bo‘g‘imiga yo'naladi;
d) r.deltoideus — deltasimon mushak sohasini qon bilan ta’minlaydi;
e) a.nutriciae humeri — yelka suyagini qon bilan ta’minlaydi.
2. a.collateralis ulnaris superior — tirsak sohasidagi yuqorigi kollateral arteriya tirsak sohasigacha tushib, shu bo'g'im atrofidagi arterial to'rni hosil qilishda qatnashadi.
3. a.collateralis ulnaris inferior — tirsak sohasidagi pastki kollateral arteriya. Tirsak bo'g'imi atrofidagi arterial to'rni hosil qilishda qatnashadi. a.brachialis o'z yo'nalishida ko'plab rami muscularis tarmoqlarni chiqaradi. Bu tarmoqlar yelkaning oldingi guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Yelka arteriyasining boshlanish sohasini, uning chuqur arteriyasi ajralguncha bo'lgan qisimni a.brachialis superficialis — yelkaning yuza arteriyasi deyiladi. Yelka arteriyasi, tirsak bo'g'imi sohasida tirsak arteriyasi — a.ulnaris hamda bilak arteriyasi — a.radialis larga bo'linadi.
Bilak arteriyasi. — a.radialis
Bilak arteriyasi — a.radialis bilak suyagi atrofida yo'naladi. Bilak suyagining bigizsimon o'simtasi sohasida bu arteriya juda yuza joylashadi va shu sohada bilak arteriyasining qisqarishini (pulsni) tekshirish mumkin. a.radialis dan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
1. a.recurrens radialis — bilak sohasidagi orqaga qaytuvchi arteriya. Tirsak bo'g'imi sohasiga qaytib, tirsak arterial to'rini hosil qilishda qatnashadi;
2. rami muscularis — bilak suyagi tarafidagi mushaklami qon bilan ta’minlaydi; 3. r.carpalis palmaris — kaft yuzasidagi, kaft usti suyaklar sohasini qon bilan ta’minlaydi;
4. a.carpalis dorsalis — kaft usti suyaklari sohasining orqa yuzadagi mushaklarni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) a.a.metacarpales dorsales — kaftning orqa yuza arteriyalari;
b) a.a.digitales dorsales — barmoqlaming orqa yuza arteriyalari;
d) rete carpale dorsales — kaft usti sohasidagi orqa arteriya to'ri.
5. r.palmaris superficialis — kaftning yuza arteriasi. Bu arteriya tirsak arteriyasi bilan qo'shilib, kaftning yuza ravog'i — arcus palmaris superficialis ni hosil qilishda qatnashadi. Bilak arteriyasi— bilak suyagining bigizsimon o'simtasi sohasida, bilakning orqa yuzasiga o'tadi va kaftning orqa yuzasini qon bilan ta’minlash uchun quyidagi arteriyalami chiqaradi:
a) a.metacarpea dorsalis prima — kaft orqa yuzasining I arteriyasi: ko'rsatg'ich barmoqning orqa yuzasi lateral tarafini va bosh barmoqning orqa yuzasini qon bilan ta’minlaydi;
b) a.princeps pollicis — bosh barmoq arteriyasi. Bu arteriya bilak arteriyasining kaft yuzasiga qaytib chiqqanidan so'ng ajraladi va bosh barmoqni kaft yuzasini qon bilan ta’minlaydi;
d) a.radialis indicis — ko‘rsatgich (II) barmoq arteriyasi. Bilak arteriyasi — a.radialis ning oxirgi tarmoqlari I va II kaft suyaklari orasidan, kaft yuzasiga qaytib chiqadi. Bu tarmoqlar tirsak arteriyasining chuqur kaft tarmoqlari bilan qo'shilib, chuqur kaft artarial ravoq — arcus palmaris profundus ni hosil etishda qatnashadi. Chuqur ravoqdan a.a.metacarpales palmares va r.r.perforantes teshib o'tuvchi shoxlar ajratadi. Bilak arteriyasi — a.radialis o'z yo'nalishida bilak suyagini oziqlanturuvchi a.nutricia radii tarmoqlarini chiqaradi.

Download 21.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling