12-mavzu. Ergonomika va texnik estetika talablariga asosan konstruksiyalash. Reja
Asbob konstruksiyasini badiiy bezash Kompozitsiya asoslari
Download 188 Kb.
|
12-mavzu.
Asbob konstruksiyasini badiiy bezash Kompozitsiya asoslari.
Kompozitsiya – lotincha so‘z bo‘lib, asbobsozlik sanoatida – asbobni tuzilishi, asbobdagi elementlarni joylashtirilishi va asboblarda tasvirlanadigan narsa-predmetlarni o‘z shaklida, rangida va o‘rnida ko‘rinishi va ifodalanishidir. Zamonaviy loyihalash, konstruktorlash amaliyotida birinchi prinsip mohiyatini quyidagi formula bilan ifodalashi mumkin: «foyda-qulaylik-go‘zallik». Bu ifodaning xar bir elementi ma’lum omillar yig‘indisini ifodalaydi: birinchisi–texnik-iqtisodiy; ikkinchisi- ergonomik omillar; uchinchisi-estetik omillar yig‘indisi. SHuning uchun badiiy konstruktorlash jarayonida to‘la qonli natijaga faqat dizayner, muhandis-konstruktor, texnolog, ergonomist va boshqalarning bir-birlarini tushunishi va ijodiy hamkorligi tufayligina erishish mumkin. Tayyorlash texnologiyasini konstruksiyasini soddalashtirish, iqtisodiy va boshqa talabalarni qoniqtirish uchun yangi o‘lchash asbobining asosiy sifatlari-qulaylik va funksionallikni e’tibordan chetda qoldirish yaramaydi. Loyihachilik faoliyatining yangi ko‘rinishi uchun yangi badiiy fikrlay oladigan mutaxassislar kerak. Ular yangi konstruksiyalanadigan asbobga madaniyatning obrazi va funksiyasi deb qaray olishi zarur. Estetik anglash va fikrlashning badiiy usuli dizaynning madaniy nushalar loyihalash bo‘yicha faoliyat bo‘lib yaratilishiga asos bo‘ldi. Badiiy konstruktorlik loyihasining ishlarini qoidaga ko‘ra badiiy konstruktorlik byurosi, yoki badiiy konstruktorlik guruhi olib boradi. Guruhning tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: bosh rassom- konstruktor (dizayner). U bosh muhandis yoki tashkilotning bosh konstruktori o‘rinbosari bo‘lishi kerak; bir, ikki yoki ko‘proq rassom- konstruktorlar (muhandis-texnolog, muhandis-iqtisodchi, ergonomika bo‘yicha maslahatchi va x.k.). SHakl hosil qiluvchi faktorlar sistemasida konkret funksional jarayon muhim rol o‘ynaydi. Xar bir yangi konstruksiyalanadigan asbobga elementining optimal shaklini izlashda eng avval uning ob’ekt ish funksiyasiga va undan foydalanish funksiyasiga va undan foydalanish xususiyatlariga qay darajada bog‘liq ekanini aniqlab olish zarur. SHunday qilib, bir funksiyali va bir ishga mo‘ljallangan asboblarga shakl tanlash uchun ularning qanday sharoitda ishlashi, u bilan bog‘liq bo‘lgan funksional jarayon qanday xarakterdagi tipik tuzuvchilarga ega ekani, funksiyalarining o‘zgarish-o‘zgarmasligi, yangi funksiyalar paydo bo‘lish-bo‘lmasligi, ulardan ba’zilarining bir predmetda birlashish – birlashmasligi kabilarni aniqlab olish zarur. Bularning hammasi ob’ekt va ularning komplekslarida shakl va mazmunning o‘zgarishi olib keladi. YAngi konstruksiyalanadigan asboblarini loyihalashda talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan birga ularning funksional xossalari ham o‘zgaradi.Natijada yangi shakl yuzaga keladi. SHakl hosil qilish uchun ob’ektlardan foydalanishda maksimal qulayliklar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan iste’molchi talablari ham xal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu erda asosiysi – ob’ektdan foydalanishda qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek predmetga bo‘lgani ergonomik talablarni hisobga olishdan iborat. Download 188 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling