12-mavzu. Ergonomika va texnik estetika talablariga asosan konstruksiyalash. Reja


Kompozitsiya kategoriyalari va garmonik shakl vositalari


Download 188 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi188 Kb.
#1530235
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu.

Kompozitsiya kategoriyalari va garmonik shakl vositalari. Dizayn va arxitektura asarlari kompozitsiyasining yahlitligiga ta’sir etuvchi tektonik vositalardan tashqari kompozitsiya va garmonizatsiya vositalarining boshqa kategoriyalari ham bor. Ular masshtab va masshtablilik, proporsiya va proporsiyalilik, simmetriya va asimmetriya, statiklik va dinamiklik, metrik va ritmik qaytarilishlar, kontrast va nyuans, rang garmoniyalari va boshqalar.
Garmonik shaklning uchta tushunchasi mavjud bo‘lgan – bu matematik, estetik va badiiy garmoniyalar.
Matematik garmoniya - bu bo‘laklarning bir-birlari bilan tengligi, bir xil o‘lchamliligi va bo‘lakning butun bilan ma’lum raqamli proporsiyalarda tengligidir.
Garmoniyaning estetik tushunchasini, matematik tushunchadan farqli o‘laroq sifat bilan bog‘lik deb ataladi: bu tushunchani qabul qilishda bevosita rohatlanish tuyg‘usini beradi, masalan, tabiat manzarasi, go‘zal mashina, sanoat asari, arxitektura asarlarini ko‘rganda.
Mashina kompozitsiyasini shakllantirishda texnik estetika asosiy rol o‘ynaydi. Texnik estetika – badiiy konstruksiyalash prinsip va usullarini ishlab chiqadi: dizayn nima, uni o‘rni va boshqalar. Texnik estetika masalalari quyidagilar:

  • Dizaynning umumiy savollari.

  • Odam va narsaning aloqalari, bizni atrofimizda nimalar bo‘lishi kerakligi.

  • Buyumlar sifatiga talablarni ishlab chiqish.

Download 188 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling