12-Mavzu: Erkaklar shimi turlari va bichish usullari Dars maqsadi


Download 313.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.12.2022
Hajmi313.74 Kb.
#1071687
1   2   3
Bog'liq
12-Mavzu

bo’lak 
taqilmasini tikish 
49 – rasm. Tugma 
joyini 
shimning 
o’ng old bo’lagiga 
ulash 
 
 
 
 
 
Erkaklar shimining “molniya” tasmali taqilmalarini tikish. (45 - rasm)
Tugma joyini shimni old bo’lagiga biriktirish uchun ,tugma joyini tugma joyi astari 
bilan 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi va o’ngiga ag’darib avra 
tomondan 0,1-0,2 sm da ziy chiqarib dazmollanadi.
Tugma joyini taqilmaga 0,5-0,7 sm kenglikda biriktiriladi va chok yorib 
dazmollanadi,tugma joyi astari ichki qirqimi 0,7-1 sm kenglikda bukilib ,ustidan 
biriktirma chokka 0,1 sm kenglik bilan bostirib chok tikiladi.Tugma joyi pressda 
dazmollanadi.. Andoza orqali tugma o’rni belgilanadi va tugma taqiladi.
Tugma joyini“molniya” tasmali ishlov berishda, karsaj lenta tugma joyining 
tashqi qirqimiga 0,5 sm da qo’yiladi va ustida qo’yma chok bilan birlashtiriladi. 
Avradan ziy chiqarib dazmollanadi. Karsaj lenta bilan tugma joyini ichki qirqimi 
maxsus mashinada yo’rmalanadi va kichik moslama yordamida, taqilma ichkariga 
bukilgan holda, uning tagiga tugma joyi qo’yilib bir vaqtning o’zida bostirma chok 
bilan biriktiriladi.


2– rasm. Shim taqilmasiga “molniya” tasma qo’yib tikish. 
2. Shimning yuqori qismiga ishlov berish usullari. 
Shimning belbog’iga ishlov berishda, kamar tutkich bo’lagini ag’darma chok 
bilan ,qo’yma bostirma chok bilan maxsus mashinada, kengligi belgilangan holda 
birlashtiriladi. Old bo’lakni ort bo’lak bilan o’ngini o’ngiga qo’yib, 1 sm kenglikda 
yon qirqimi birlashtiriladi va chok yorib dazmollanadi. Bel aylanasi belgilangan 
holda ort bo’lakda o’rta chok o’rni belgilanadi. Kamar tutkichni yon cho’ntakni 
yuqorisiga old bo’lakning taxlama o’rniga, ort bo’lakning vitochka o’rniga qo’yib 
puxtalanadi. Belbog’ni astar va qotirma bilan ishlov berilsa, birdan astar qotirmaga 
biriktiriladi va shu chok atrofida astarni aylantirib ,ustidan bostirma chok tikib 
dazmollanadi. Belbog’ni shimning yuqori qismiga 0,7-0,8 sm kenglikdagi chok 
bilan biriktiriladi va chok yorib dazmollanadi. Belbog’ni kengligi teskari tomondan 
belgilanib, birlashtirma chizig’i chiziladi va shu chiziq ustidan qotirma bilan 
astarni o’ngini o’ngiga qo’yib birlashtiriladi.Tugma joyi bilan belbog’ burchagi 
chokka 0,-0,3 sm qoldirib kertim beriladi va o’ngini o’ngiga ag’darib burchaklari 
to’g’rilanadi. Belbog’ tomonidan 0,2-0,3 sm ziy chiqarib dazmollanadi. Belbog’ni 
biriktirma chok ustidan bostirma bezak chok bilan astar qayirmani biriktiradi. 
Belbog’ namlab isitib dazmollanadi.



Download 313.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling