12-Mavzu: Erkaklar shimi turlari va bichish usullari Dars maqsadi
Shim belbog’ini karsaj lenta bilan ishlov berish
Download 313.74 Kb. Pdf ko'rish
|
12-Mavzu
Shim belbog’ini karsaj lenta bilan ishlov berish. Belbog’ni shimning
yuqori qismiga 0,7-0,8 sm da biriktiriladi. Chok belbog’ tomonga bukib dazmollanadi. Belbog’ kengligi belgilanib, belgilangan chiziqdan 0,2 sm tashqarida karsaj lenta qo’yma chok bilan biriktiriladi va belbog’ tomondan ziy chiqarib dazmollanadi. Karsaj lentani 2-ochiq qirqimi belbog’ biriktirma chok ustidan bostirma baxya chok bilan biriktiriladi. Belbog’ oxiri ikki bukilgan holda, 0,5 sm kenglikda bichiladi. Burchagida kertim berib, yorib dazmollanadi va o’ngini o’ngiga ag’darilgan holda dazmollanadi. Burchak ochiq qirqimi puxtalama chok bilan 1 sm kenglikda mahkamlanadi. Yangi texnologiya bo’yicha, ignali maxsus mashina bilan karsaj lentali belbog’ni moslama yordamida(mashinaning orqa tomoniga o’rnatilgan) va bir paytda kichik moslama orqali o’tkazib,shim yuqorisiga karsaj lentani o’ragan holda biriktiriladi va belbog’ namlab- isitib, press yordamida presslanadi. a 3 – rasm. Avarsiga qotirma qo’yilgan astarli belbog’ni yoki tasmali belbog’ni shimga ulash: Qaytarma manjetli pochaga tasma bilan ishlov berish. Shimning yuqori qismi tayyor bo’lgandan so’ng ,shim uzunligi razmeri olinadi va shu yerdan gorizontal chiziq bo’ylab bukish joyi belgilanadi. Agar shim qaytarma manjetli bo’lsa, u holda manjetni kengligi ikki baravar o’lchamda farq qiladi. Manjetni ikkiga buklab, bukish burchagi tasmadan o’rtasi pocha qirqimiga to’g’rilanib, ikki ignali mashinada tasma shim pochasiga biriktiriladi. Tasmadan 0,1-0,2 sm ziy chiqarib manjetni o’ng tomonga bukilgan holda dazmollanadi. Agarda, shim manjetsiz bo’lsa, bukish burchagiga tasma ziy chiqaradigan masofa shim tomonga qo’yilib, ikki ignali mashinada biriktiriladi. Tasmadan ziy chiqarilib, shim pocha qirqimi dazmollanadi. Shimning ochiq joyi yo’rmalanadi va maxsus mashinada yashirin ko’rinmas chok bilan biriktiriladi. Nazorat savollari: 1. Erkaklar shimining asosiy bo’laklari nimalardan iborat ? 2. Erkaklar shimining tugma va izmali taqilmalarini tikish usuli mazmuni. 3. Erkaklar shiminiung “molniya” tasmali taqilmasiga ishlov berish tartibini tushuntiring. 4. Shim yuqori qirqimiga ishlov berish usullari. 5. Shimning qaytarma manjetli poychasiga ishlov berish usuli. Download 313.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling