12-Mavzu: etuklik davri yetuklikning umumpsixologik tavsifnomasi. Yosh chegarasi


Talaba e’tiqodi, dunyoqarashi, o’zini o’zi nazorat qilishi


Download 82.6 Kb.
bet8/8
Sana16.02.2023
Hajmi82.6 Kb.
#1204058
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 mavzu

Talaba e’tiqodi, dunyoqarashi, o’zini o’zi nazorat qilishi
Turli yoshdagi odamlarda o’zini o’zi boshqarish,shaxsiy qiziqishini idora qilish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’zini o’zi qo’lga olish, o’zini o’zi takomillashtirish singari shaxsiy xususiyatlarini shakllantirish ijtimoiy-tarixiy hamda ijtimoiy-psixologik ahamiyat kasb etadi.
Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlarining ko’rsatishicha, e’tiqod - xulq-atvorning muhim motivlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ba’zi manbalarda unga mana bunday ta’rif berilgan: e’tiqod-shaxsni o’z qarashlariga, tamoyillariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqacha qilib aytganda, e’tiqod shaklida namoyon bo’ladigan ehtiyojlarning mazmuni-bu tabiat, tevarak-atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilishi demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik,tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa,u taqdirda shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq.
Psixologiya fani dunyoqarashning shakllanishi jarayonini tadqiqot qiladi, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot hodisalarining to’g’ri baholanishini, evolyusion yo’sinda tarkib topishini, axloqiy tamoyillar, didlar yuz berishini, tabiat hodisalariga va jamiyat qonuniyatlariga nisbatan qarashlarning shakllanishi qay tariqa yuz berishini va boshqalarni aniqlaydi.
E’tiqodlarning asta-sekin tarkib topishi, dastavval ularning mazmuniy tomonlariga taalluqli bo’lib,ularda shaxsning dunyoqarashini aks ettiradigan xislatlar aksariyat hollarda gavdalana boshlaydi. Shaxsning mustaqil fikrlari, ijodiy g’oyalari, ilmiy tomoyillari,uning yaxlit hayoti mazmuni bilan,odamning shaxsan o’zlashtirgan bilimlari bilan belgilanadi. Insonning qarashlari tizimiga zarur tarkibiy qism tariqasida singdiriladi, bu narsa uning uchun alohida shaxsiy mohiyat kasb etadi. Shuning uchun mazkur fikrlar va tamoyillarni qaror toptirishga, ularni himoya qilishga, shuningdek,boshqa shaxslarning ham ma’qul ko’rishlariga erishish uchun qat’iy ehtiyoj sezishi mumkin.
O’z mohiyati va tuzilishiga binoan umumbashariy dunyoqarashning tarkibiy qismlari hisoblanishi adabiyot, san’at, madaniyat, din, ijtimoiy turmush, ishlab chiqarish tizimi sohalaridagi keng qamrovli muammolarni o’z ichiga mujassamlashtiruvchi e’tiqodlarning mavjudligi inson shaxsining faolligi, intiluvchanligi darajalarining yuksakligidan darak boradi. Individual (yakkahol) shaxs faolligining yuksaklik darajasi, uning obyektlarga yo’nalganligi xususiyati yoshga, jinsga, kasbga bog’liq bo’lganligi tufayli turlicha tarzda yuzaga kelishi kuzatiladi. Ko’pincha shaxs muayyan shart-sharoitlarda, ma’lum vaziyatlarda o’zini o’zi qanday idora qilishini biladi, bahs yoki munozalarda, mojarolarda qaysi nuqtai nazardan yondashishni tushunadi, qaysi g’oyani ma’qullashni anglab yetadi, biroq bunday ijtimoiy, ilmiy, hayotiy bilimlarni mukammallashtirib, ehtiyojga aylantirish to’g’risida o’ylamaydi.
Shaxsning o’zlashtirilgan bilimlari odatga aylangan ehtiyojlari anglashinilgan motivlari orasida maboda nomutanosiblik vujudga kelsa, u holda uning e’tiqodida nuqsonlar sodir bo’ladi. Favqulodda noto’g’ri xatti-harakat amalga oshiriladi yoki o’rinsiz, o’ylanmasdan qarorga kelinadi. Bunday ruhiy holatning negizida shaxsning so’zi bilan ishi o’rtasida birlik yo’qligi, ikkiyoqlama pozisiyaga ega ekanligi,barkamol inson sifatida mustaqil, faol, ilmiy, hayotiy, ijtimoiy yaxlit qarash shakllanmaganligi yotadi.
Go’yoki e’tiqodning ham tashqi, ham ichki tuzilishi mavjudkim, favqulodda shaxsning mustahkam e’tiqodi hodisalarga, munosabatlarga bevosita tatbiq qilinishida o’zaro tafovutlanadi.
Ushbu psixologik muammoning oldini olish uchun mustahkam, barqaror e’tiqodli, hayotiy pozisiyaga ega bo’lgan, vatanparvar, g’ayrat-shijoatli shaxslarni shakllantirish, ularni o’zini o’zi takomillashtirishga o’rgatish lozim.
Yuqorida mulohaza yuritilgan muammolarning barchasi xoh qiziqish, xoh e’tiqod, xoh dunyoqarash, xoh ehtiyoj bo’lishidan qat’i nazar anglanilgan motivlar tizimiga kiradi. Bunda shaxsni faoliyatga (mehnat,o’qishga) turtki bo’layotgan ichki qo’zg’atuvchi motivlarga ichki turtki, sabab va ehtiyojlar ma’nosini anglagan holda u yoki bu yo’lni tutadi. Biroq shunday motiv yoki mayllar ham borkim, ular inson tomonidan anglanilmagan bo’ladi, xuddi shu bois, u o’z xatti- harakatlari sababiyatini tushunmagan holda biron-bir ishni amalga oshiradi.
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlarda va sharoitlarda qayd qilinishni, shuningdek, ularni o’z kuch-g’ayratiga, qobiliyatiga moyilligini belgilaydigan sifatlar majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi (eksternal) hamda ichki (internal) turlarga ajratiladi. Nazoratni tashqi lokallashtirishga ba’zi misollarni keltiramiz: xodim ishga, talaba darsga kech qolsa,bu hodisani turlicha bahonalar bilan izohlashga harakat qiladi:
1. Avtobus o’z vaqtida kelmadi;
2. Yo’lovchilar ko’p bo’lganligi uchun avtobusga chiqa olmadim;
3. Avtobus juda sekin harakat qildi;
4. Transport buzilib qoldi;
5. Ko’chada yo’l halokati yuz bergani tufayli turib qoldik va hokazo.
Psixologik tadqiqotlar natijalarining ko’rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik turining namoyon bo’lishi shaxsning muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita bog’liqdir, chunonchi, insoning mas’uliyatsizligi, o’z imkoniyatiga ishonmasligi, hadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy niyatini ro’yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar.
Maboda shaxs o’z xulq-atvori oqibati uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olsa, o’z qilmish-qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday psixologik voqyelik unda nazoratning internal (ichki) lokallashuvi mavjud ekanligini bildiradi. Nazoratning ichki lokallashtirilishiga mos insonlar maqsadga erishish yo’lida mas’uliyat yoki javobgarlik his etadilar, o’zini o’zi tahlillash imkoniyatiga egadirlar, muloqotmand, mustaqillikka moyildirlar.
Ijtimoiy tarbiya jarayonida shaxsga lokallashtirishning har ikkala (eksternal,internal) turini shakllantirish tufayli uning mustahkam shaxsiy fazilatiga aylantirish mumkin.
Irodaning o’ziga xos ko’rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi xatti-harakatida ro’yobga chiqadi. O’ziga mahliyo qiluvchi maqsadga erishish yo’lida xavf-xatar, yo’qotish dahshati, muvaffaqiyatsizlik unsuri bilan hamohang, ogoh, dadil harakat tavakkalchilik deyiladi. Tavakkalchilik jarayonidagi noxushlik kutilmasi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli bilan noqulay oqibatlar darajasi uyg’unlashuvi mezoni orqali o’lchanadi. Tavakkalchilikda muvaffaqiyat bilan muvaffaqiyatsizlik o’rtasida qarama-qarshilik kutilmasi ehtimoli yotadi, yutuqqa erishish shaxsda xush kayfiyatni vujudga keltiradi, mag’lublik esa noxushlik holatining bosh omili hisoblanadi. O’zidan o’zi ma’lumki, yutuq (g’oliblik) quvonch nashidasini uyg’otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma’naviy yo’qotishni ro’yobga chiqaradi. Lekin, shunga qaramasdan, insonlar tavakkal qilish harakatidan hyech mahal voz kechmagan. Xoh u kundalik hayot muammosiga aloqador voqyelik, xoh murakkab mehnat, xoh harbiy yurishlar bo’lishiga qaramay.
Shuning uchun tavakkalchilik insoniyat dunyosining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrining qaror qabul qilish namunasi, mahsuli sifatida shaxsning hayoti va faoliyatida to hozirgacha ishtirok etib kelmoqda.
Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha,tavakkalchilik harakatini amalga oshirishning o’zaro uyg’unlashgan ikkita sababi mavjudligi qayd qilib o’tiladi. Qarorga kelishning birinchi sababi-bu yutuqqa muvaffaqiyat, umidvorlikka erishilganda kutilishi, ehtimol qiymatining mag’lublik oqibati - ishonchdir. Ushbu voqyelik vaziyatli tavakkalchilik deb atalib, muvaffaqiyat motivasiyasining muvaffaqiyatsizlikdan qutulish motivasiyasidan yaqqolroq namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Shu boisdan tavakkalchilik inson uchun qaror qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan ruhiy hodisa hisoblanib, u yoki bu tarzdagi harakatni amalga oshirib,o’z xulq-atvorini namoyish qiladi. Dehqon kechikib yerga urug’ qadashga tavakkal qilgan bo’lsa, hosil pishib yetilishi xavfi tug’iladi, lekin agrotexnika vositalaridan jadal sur’atda foydalansa, asosiy mablag’ni sarf qilib qo’yish tashvishi uyg’onadi. Irodaviy qaror qabul qilib tavakkalchilikdagi uning mardligi, tashabbuskorligi, qat’iyatligi mehnatda yutuqqa erishishni ta’minlaydi. Aslida bunday qarorga kelish goh o’zini oqlaydi, goho mutlaqo oqlamasligi ham mumkin. Bu borada harakatning xavfli yoki xavfsiz yo’lini tatbiq etish,tavakkalchilikning g’oyaviy, ma’naviy yuksakligi, qarorning oqilonaligi, baxtli tasodif sari yetaklashi mumkin. Ba’zan tavakkalchining qobiliyati, qat’iyligi, malakaliligi, hisob-kitobni to’g’ri qilganligi unga omad keltiradi.
Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-harakatning xavfli yo’lini afzal bilgan xulq-atvorda ko’zga tashlanadi. Bu voqyelik shaxsning vaziyatusti faolligi deb nomlanib, insonning vaziyat talablaridan ustuvorlikka erishishida, undan (vaziyatdan) yuksakroq maqsad qo’ya olishida namoyon bo’ladi. Tavakkalchilik - bu turi “vaziyatusti” yoki “xolisonalik” deb atalib, tavakkalchilik uchun tavakkalchilikka yo’l qo’yishni anglatadi hamda tavakkalchilikning tavakkalchiligi atamasini keltirib chiqaradi. Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr deb ataluvchi maxsus axbobda o’lchab ko’rish mumkin. Bu asbob yordamida psixologik tajribada insonlarda muvaffaq bo’lish ehtimoli mavjud xolisonalik, tavakkalchilikka moyillik, ularning haqiqiy xavf ostida irodaviy harakatlarini oldindan aytib berish imkoniyati vujudga keladi.

Download 82.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling