13-Mavzu: Harflarni pastki qismidan tutashtirish qoidalari bilan tanishtirish. Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish
Download 21.7 Kb.
|
13-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun adabiyotlar
13-Mavzu: Harflarni pastki qismidan tutashtirish qoidalari bilan tanishtirish. Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvch unsuri yo`q harflar guruhi ustida mashq bajarish Maqsad: Tutashtiruvch unsuri bor harflar guruhi ustida mashq bajarish. Tutashtiruvch unsuri yo`q harflar guruhi ustida mashq bajarish. Matn yozish. Topshiriq: bosh va kichik harflar ishtirokida matn yozish. Tarjimayi hol yozish. Eslatma: O`quvchilarni yozuvga o`rgatishning muvaffaqiyatli natijasi bir qancha vositalarga bog`liq bo`lib, ularni shartli ravishda 2 turga ajratish mumkin: Texnik shartlar Ta'limiy shartlar Texnik shartlarga quyidagilar kiradi: Sinf jihozlarning ketma-ketligi. Sinf xonasining talab darajasida yoritilishi. Partada o`quvchining to`g`ri o`tirishi. Ruchkani to`g`ri ushlashi. Daftarni 65% qiyalikda ushlash. Daftar chiziqlarining aniq va ko`z tashlanib turishi. Ushbu shartlar bir-biriga o`zaro bog`liq holda to`g`ri yo`lga qo`yilsa, chiroyli yozuvga o`rgatishning texnikaviy shartlari bajariladi. Ta'limiy shartlar o`quvchilarning faoliyati bilan bog`liq bo`lgan shartlar majmuasidir. Harflarning qo'shib yozilishini ta'minlash uchun ayrim chiziqlar o'z harakati bo'yicha orqaga qaytadi, bu narsa, ayniqsa, cho'zinchoq doira shaklidagi harflarda ko'proq uchraydi. Masalan: ta, non, lo kabi bo'g'inlarda. Bunday qo'shib yozishni ayrim bosh harflarda ham uchratish mumkin. Masalan, bosh K harfining yozilishini ko'raylik: Ko'pchilik bosh harf lar kichik harflar bilan qo'l harakatini uzmay, ulab yoziladi. O'quvchilarga harflarni bir-biriga ulab yozish qoidalarini namuna sifatida quyidagi tartibda tushuntirish mumkin: - Bolalar, qarang, men kichik "m" harfini kichik "o" harfiga qo'shib yozishni ko'rsataman. Siz mening qo'l harakatimga qarab turing. - Kichik "g" harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina pastga burib, yana orqaga qaytamiz va kichik "o" harfini hosil qilamiz. - Qani, bolalar, kim ko'rsatadi, bu ikkala harfni men qanday qilib qo'shib yozdim? Bir o'quvchi doskaga chiqib, o'qituvchi yozgan harflar ustidan qo`lini yurgizib ko'rsatadi, qolgan o'quvchilar esa diqqat bilan qarab turadilar. - Qani endi, bolalar, bu harflarning qo'shilishi harakatini havoda hammamiz birga qaytaramiz. Hammangiz ruchkangizni oling. Boshladik (o'qituvchining o'zi ham birga qaytaradi). O`quvchilar doskadagi "o" va "g" harflarining yozilishiga qarab, havoda harakat bajaradilar. - Endi bolalar, bu harflarni daftaringizga ko'chirib yozing. Bir qator ko'chirib yozganingizdan so'ng o'zingizni tekshirib ko'ring. Agar yozayotganingizda qo'l harakati uzilmagan bo`lsa, demak, to'g'ri yozyapsiz. - Endi shu ikki harfni qo'shib bir necha qator yozamiz. O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, noto'g'ri yozayotgan o`quvchilarga yordam berishi lozim. Boshqa harf va so'zlarni qo`shib yozishda ham shunday yo'l bilan tushuntirish zarur. Birinchi sinfda o'quv yilining II yarmidan boshlab o'quvchilar 4-5 harfdan tashkil topgan so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yoza oladilar.Ikkinchi sinfdan boshlab esa har qanday murakkab so'zlarni hum bog'lab yozishlari lozim. Ammo ayrim harflar esa qo'lni uzib yozishni talab etadi.
1.M.G`ulomov, K.Tursunova, D.Po`latova. chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish.Toshkent, 2013. Qo`shimcha adabiyotlar
Abdullayev Q. va boshq. Savod o`rgatish, T., 1996. Abdullayev Y. Hamrohim. T., 1997. Abdullayev Y. Sovg`a. T., 1998. Abdullayev Y., Yo`ldosheva Sh. Yangi alifbo va imlo. T., 2000. Husnixat daftari. 1-sinf uchun. T., 2016. Husnixat daftari. 2-sinf uchun. T., 2016. Husnixat daftari. 3-sinf uchun. T., 2016. Husnixat daftari. 4-sinf uchun. T., 2016. Alifbe darsligi. T., 2017. 10. 1-2 yozuv davtari. T., O`qituvchi, 2017 11.www.pedagog.uz Chet el adabiyotlari: 12 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW SPENCER “Linguistics An Introduction” Cambridge university press 2011. p. 111 13. Igor de Rachewiltz va Volker Rybatzki . Xung Chin Introduction to Altaic Philology 2013/ p. Download 21.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling