12-mavzu Flotatsion reagentlarning tasnifi va ishlatilish maqsadlari. Flotatsiya jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar va flotatsiya sxemalari


Download 35.71 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2023
Hajmi35.71 Kb.
#1075349
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-Ma\'ruza


12-mavzu Flotatsion reagentlarning tasnifi va ishlatilish maqsadlari. Flotatsiya jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar va flotatsiya sxemalari
Flotatsion reagentlar ishlatish maqsadiga qarab 5 ta guruhga bo‘linadi.
1. To‘plovchilar (ulami kollektorlar ham deyiladi).
2. So‘ndiruvchilar.
3. Faollashtirgichlar.
4. Ko‘pik hosil qiluvchilar.
5. Muhitning regulatorlari.
To'plovchilar — Q : S (Q — mineral zarra yuzasi; S — suv) chegarasida mahkamlanib, mineral zarralarning ho‘llanmaslik qobiliyatini oshiruvchi moddalar.
To‘plovchilar apolar va geteropolar to‘plovchilarga boiinadi. Apolar to‘plovchilar uglevodorodlardan iborat bo‘lib, ular suvda deyarli erimaydi, ionlarga dissotsilanmaydi, minerallaming yuzasi bilan kimyoviy ta’sirlashmaydi. Ulaming adsorbsiyasi fizikaviy.
Tabiiy gidrofob minerallardan oltingugurt, grafit, talk, molibdenit va hokazolami flotatsiyasida ishlatiladi. Bunday to'plovchilarga kerosin, neft va turli xil neft mahsulotlari kiradi.
Agar to'plovchining molekulasida (OH, COOH, COH, NH2 , CH) kabi polar gumhlar bo‘lsa, bunday to‘plovchilar geteropolar to'plovchilar deyiladi. Sulfldli minerallaming flotatsiyasida to‘plovchi sifatida ksantogenatlar va aeroflotlardan foydalaniladi. Ksantogenatlar ksantogen kislotaning tuzlari bo‘lib, uning umumiy formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
R - O - S - S - MeS
bunda: Me — odatda kaliy yoki natriy,
R — uglevodorod radikali - gomologik qatordagi radikallardan biri. (CH 3 -metil, C2H 5 -etil, C3H 7-propil, C4H9-butil va hokazo). Ksantogenatning nomi radikal va metallning nomidan hosil qilinadi. Aeroflotlar — tiofosfor kislotaning hosilalari. Ular qattiq va suyuq holda boiadi. Suyuqlaridan krezil aerofloti, qattiqlaridan sodali Aeroflot keng tarqalgan.
Aminlar va ularning tuzlari. Aminlar silikatli minerallarning flotatsiyasida ishlatiladi. Birlamchi (RNH2 ), ikkilamchi (R^NH) va oichamli (R3N) aminlar mavjud. Bu turdagi to‘plovchilaming ko‘p ishlatiladigani C12H25NH2— lauril amin va uning xlorli tuzi C!2H25NH2 — xlorli lauril ammoniy. To‘plovchilar anionli va kationli to‘plovchilarga boiinadi. Agar gidrofoblovchi ion anion boisa, anionli to‘plovchi, kation boisa kationli to‘plovchi deyiladi.


Download 35.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling