12-mavzu Flotatsion reagentlarning tasnifi va ishlatilish maqsadlari. Flotatsiya jarayoniga ta'sir qiluvchi omillar va flotatsiya sxemalari
Flotatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar
Download 35.71 Kb.
|
12-Ma\'ruza
Flotatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar
Flotatsiya - universal va yuqori texnologik ko'rsatkichlarga erishish mumkin bo‘lgan jarayon hisoblanib uning borishiga ko‘p sonli omillar ta’sir qilishi mumkin. Ularga dastlabki mahsulotning mineral tarkibi va yirikligi, bo‘tananing zichligi, harorat, reagent tartibi, suvning tarkibi, flotatsiya vaqti, bo‘tananing mashinadagi ayeratsiyalanish darajasi va hokazolar kiradi. Boyitilayotgan rudaning mineral tarkibiga ko‘ra ishlatiladigan reagentlarni tanlash, ulaming sarfi va rudadagi komponentlarni ajralish ketma-ketligi tanlanadi. Rudani mineral - petrografik o'rganish asosida flotatsiyadan oldin hamma mineral komponentlarning tarkibi, o‘simtalarning o‘zaro tuzilishi, begona aralashmalarining oksidlanish darajasi va har qaysi komponentning massa ulushi belgilanadi. Buning asosida reagentlar tanlanadi, yanchish va flotatsiya sxemalari belgilanadi. Turli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli minerallarni nosulfid minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli rudalaming oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo‘lgan oksidli rudalarning flotatsion qobiliyati sust bo‘ladi va ular awal sulfidlanmasdan turib flotatsiyalanmaydi. Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo‘lishi kerakki, qimmatbaho komponent zarralari o‘ziga yopishgan puch tog1jinslari minerallardan to‘liq ozod bo‘lgan va flotatsiyalanuvchi zarralarning o'lchami havo pufakchalarining ko'tarilishi kuchiga mos kelishi kerak. Odatda, flotatsiyani zarralarning o'lchami 0,02-0,5 mm orasida olib boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarralarning maksimal oichami ularning gidrofobligi va shakliga bog'liq. Rudani flotatsiyadan oldin yanchganda shunga erishish kerakki, dastlabki bo‘tana tarkibida flotatsiyalanishi mumkin bo‘lmagan yirik zarralar ham, shuningdek, ajralishni keskin kamaytiruvchi va reagentlar sarfmi oshiruvchi, o‘lchami 0,02 mm dan kichik bo'lgan shlamlar bo‘lmasin. Bo‘tananing qattiq zarralarini massa ulushi 15—40% gacha bo‘lishi mumkin. Flotatsiyaning ba’zi operatsiyalarida suyuqroqbo‘tana ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa, ayrim operatsiyalar uchun esa bo'tana quyultiriladi. Bo‘tananing zichligi katta bo‘lganda uning pufakchalar bilan to‘yinish darajasi pasayadi, yirik mineral zarralarning lotatsiyalanishi yomonlashadi, boyitmaning sifati pasayadi. Yuqori sifatli boyitma olinishi talab qilinganda flotatsiya suyuqroq bo‘tanada olib boriladi. Haroratning ortishi ko‘p hollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. Bunda bir qator reagentlaming (ayniqsa, yog‘ kislotalari va sovunlar) • eruvchanligi ortib, ularning sarfi kamayadi. Shu bilan bir vaqtda to‘plovchi ; sifatida ksantogenatlar ishlatilganda bunday hoi kuzatilmaydi va bunda i bo‘tanani faqat qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Flotatsiyada reagentlar tartibi ishlatilayotgan reagentlaming turi, ularning sarfi, jarayonga berilish tartibi reagentlaming bo‘tana ta’sirlashuv vaqti bilan belgilanadi. Reagent tartibi berilgan rudaning flotatsion qobiliyatini, mineral zarralaming yirikligi, suvning tarkibi va hokazolami o'rganish borasida olib borilgan tajribalar asosida tanlanadi. Odatda, reagentlar quyidagi ketma-ketlikda qo'shiladi: muhitning regulatorlari, so‘ndiruvchilar (faollashtirgichlar), to'plovchi va ko‘pik hosil qiluvchilar. Muhit regulatorlari tegirmonga yoki chanlaiga beriladi. To'plovchilar esa kontakt chanlar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri lotomashinalarga uzatiladi. To'plovchi, odatda, birato‘la emas, balki oz-ozdan qo‘shiladi. Ko‘pik hosil qiluvchilar flotatsion kameraga beriladi. Suvning tarkibi — flotatsiya jarayoniga ta’sir qiladi, chunki suv o'zining tarkibida har xil ionlar, erigan gazlar va boshqa qo‘shimchalami saqlaydiki, ular muhitning pH ini o'zgartirib, ko'pik hosil bo‘lishini yomonlashtiradi va reagentlar sarfmi oshiradi. Bo‘tanadagi ionlar kerak boimagan holda minerallarga aktivligini orttiruvchi yoki so'ndiruvchi sifatida ta’sir qilishi mumkin. Flotatsiya vaqti flotatsiyalanuvchi komponentning boyitmaga ajralish darajasi va sifatini elgilaydi. Olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, flotatsiya vaqtining m aium bir chegarasi (optimum) bo‘lib, flotatsiya vaqtining optimumdan ortishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki qimmatbaho komponentning boyitmaga ajralishining sezilarsiz darajada ortishi flotatsiya vaqtining ancha uzayishi, boyitma sifatining yomonlashishi va flotatsion mashina ishlab chiqarish unumdorligining kamayishi hisobiga sodir bo‘lishini ko‘rsatadi.Bo'tananing aeratsiyalanish darajasi flotatsiya vaqti va boyitishningtexnologik ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladi. Bo‘tananing aeratsiyalanish darajasi ortishi bilan flotatsiya vaqti kamayadi. Biroq, bo‘tanani havo bilan haddan tashqari to‘yintirish ularning qo'shilishini ko'paytiradi. Nisbatan yirik pufakchalar katta tezlikda qalqib chiqib, ulardan mineral zarralarning ajralish ehtimolini orttiradi. Bo‘tanada mineral zarralarni ko‘tarish uchun nisbatan yirik zarralar (d = 1mm) ning ham va mineral zarra yuzasini faollashtiruvchi mayda pufakchalarning ham boiishi kerak. Flotatsiyaning samarali ketishiga flotatsion mashinaning ishlash sharoiti ham ta’sir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo‘tananing hajmi va undagi qattiq zarralarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo‘lishi kerak. Flotatsion mashinani haddan tashqari yuklash metallni boyitmaga ajralishini kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga yetarli miqdorda mahsulot solinmasa, buning aksicha, flotatsiya vaqti ortadi va ko‘pikli mahsulotga puch tog‘ jinslari o‘tib ketib, boyitma sifati yomonlashadi. Foydali qazilmalarni flotatsiyalash jarayonida turli - tuman texnologik sxemalar qo‘llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahsulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq. Ko‘p hollarda bitta flotatsiya jarayoni natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olishga yerishilmaydi. Shuning uchun flotatsiya sxemalari bir nechta flotatsiya jarayonlaridan tashkil topadi: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi va nazorat flotatsiyasi. Download 35.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling