12-mavzu. Gravimetrik tahlil va uning tasnifi. Cho`ktirish usulida gravimetrik tahlilning
asosiy amallari.
Reja:
1. Gravimetrik tahlilni mohiyati. Tashifi.
2. Gravimetrik tahlil cho’ktirish usulining asosiy amallari.
3. Gravimetriyaning avzalligi va kamchiligi.
Tayanch iboralar: gravitas, xemiogravimetriya, elektrogravimetriya, termogravimetriya,
analitik omil, tortim, ajratib olish usuli, haydash usuli, cho‘ktirish usuli, choraklash.
1.Gravimetrik tahlilni mohiyati.
Тasnifi.
1
Gravimetriya lotincha
“gravitas”
so’zidan olingan bo’lib,
og’irlik
ma’nosini anglatadi.
Gravimetrik tahlil
(tortma taxlil) - tahlil etilayotgan namunadagi aniqlanuvchi tarkibiy qismni
turg’un holda ajratib olib, uning massasini aniq tortishga asoslangan.