12-mavzu: Gruntlarning tarkibi, klassifika`iyusi Reja


Download 83.37 Kb.
bet2/8
Sana02.05.2023
Hajmi83.37 Kb.
#1421021
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-mavzu. Gruntlarning tarkibi, klassifika`iyusi

I fazali gruntlar – qattiq modda va gazsimon moddadan iborat bo’lib, kuch ta’sir etganda mehanik hossasiga ta’sir etmaydi. 1 fazali gruntlar ayeratsiya qavatda uchraydi.
II fazali gruntlar – qattiq modda va suvdan iborat bo’lib, ular yer qobig’idagi suvli qavatda uchraydi. Ularga tashqi bosim ta’sir etganda, g’ovakardagi suvga tushib, suvni siqib chiqaradi. Undan so’ng qattiq moddaga tushadi. Bu jarayon uzoq davom etadi, natijada gruntning mustahkamligi buziladi.
III fazali gruntlar – qattiq moda, suyuq va gazsimon moddadan iborat bo’lib, kapilyar qavatda uchraydi. Tashqi bosim 1 – havoni, keyin suvni chiqarib, qattiq moddaga tushadi. Bu jarayon ham uzoq vaqt davom etadi. Shu sababli mayday zarralardan tashkil topgan jismlarning mustahkamligini o’rganganda uni ularni tashkil etuvchilarni bilishimiz zarur.
Tabiatda tarqalgan gruntlar ma’lum bir belgisiga qarab, ularni tasniflanishiga asosan tabiatda keng tarqalgan, inshoot zamini bo’lib xizmat qiladigan, ichki bog’lanishi va kuch ko’tara olish qobilyatiga asosan 4 ta sinfga bo’linadi.
1.Qoya gruntlar
2.Yirik bo’lakli gruntlar
3.Qumlar
4.Gilli gruntlar
Qoya gruntlar va ularning xususiyatlari :
Qoya gruntlar kristall bog’lanishga ega bo’libm donalari o’zaro mustahkam (bikr ) bog’langan.Ularning siqilishga mustahkamlikgi >5 mpa dan kam bo’lmaydi. Suvga chidamliligiga qarab 2 turga bo’linadi:
1)Suvga chidamli qoya grunt:
2)Suvga chidamsiz qoya grunt:
Suvga chidamli qoya gruntlar hosil bo’lishiga qarab 3 gruhga ajiratiladi:
1)Magmatik tog’ jinslari – granit, basalt, sienit
2)Metamorfik tog’ jinslari – marmar, kvarsit, gneyslar
3)Sementlashgan cho’kindi tog’ jinslari – kremniyli, kanglomerat, kremniyli qumtosh.
Suvga chidamsiz qoya gruntlar hosil bo’lishiga qarab 3 gruhga bo’linadi:
1)Organik cho’kindi tog’ jinslari – ohaktosh, chig’anoqtosh
2)Kimyo cho’kindi tog’ jinslari – gips, dolomid
3) Sementlashgan cho’kindi tog’ jinslari – ohakli qumtosh, ohakli konglomerat.
Qoya gruntlari har qanday inshoot zamini bo’lib xizmat qila oladi, chunki ularning kuch ko’tara olish qobilyati juda yuqori, silliqlanmaydi, suv o’tkazuvchanligi yo’q, faqat agar qoya tog’ jinslari yer yuzida yotsa, ular nurash jarayoniga uchraydi, ularda yoriqlar paydo bo’lib, mustahkamligi bir muncha kamayadi.

Download 83.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling