12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja


Download 73.91 Kb.
bet1/12
Sana03.06.2024
Hajmi73.91 Kb.
#1842063
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflan-fayllar.org


12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja

12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi


Reja
1. Risk va noaniqlik tushunchalarining mazmuni, mohiyati

2. Investitsiya faoliyatida risk turlari va ularning belgilari bo‘yicha tasniflanishi


3. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholash usullari


Tayanch iboralar: risk, loyiha riski, loyiha ishtirokchilari riski, deflyasion risk.


1. Risk va noaniqlik tushunchalarining mazmuni, mohiyati
Har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, risklar bilan bog‘liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi esa, risklar, risk turlarining vujudga kelish sabablari, ularning tasnifi hamda risk ehtimollarini oldini olish bo‘yicha tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim. SHundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shishlari mumkin.

Investitsion faoliyat ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. Mazkur foyda esa investorlarning harajatlarini, inflyasiya omilini, tadbirkorlik riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir.

Қоя

1- rasm. Risk suzining Venn diagrammasiga ko‘ra tahlili
“Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi qoya” degan ma’noni bildiradi. “Risk” atamasi Evropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan.

Қоядан ўтиш




Download 73.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling