12-mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot Reja


-rasm. Ish bilan bandlik shakllarining tasnifi


Download 0.73 Mb.
bet2/5
Sana13.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1455926
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-mavzu. Ish bilan bandliknazariya va amaliyot — копия

1-rasm. Ish bilan bandlik shakllarining tasnifi

Insonni ish bilan mustaqil band bo‘lganlar sirasiga kiritish uchun olingan daromad miqdori yoki mehnatda qatnashgan vaqti tarzidagi miqdor mezondan foydalanib bo‘lmaydi, chunki kishilarning manfaat, ehtiyoj va im-koniyatlari turlicha va ularni hamisha ham taqqoslashning iloji bo‘laver-maydi. Inson tomonidan ana shu ish bilan bandlik keltiradigan mablag‘lar (pul ekvivalenti yoki tabiiy mahsulot)dan o‘z tirikchiligi uchun foydalani-shi muhim hisoblanadi.


Iqtisodiyot va insonning ehtiyojlariga to‘g‘ri kelish darajasiga ko‘ra, ish bilan bandlik oqilona, samarali mahsuldor va eng maqbul ko‘ri-nishda bo‘lishi mumkin.


Ish bilan oqilona bandlik agregatsiyalangan ijtimoiy-iqtisodiy tushun-chadir. Uning mazmuni bir necha blokni o‘z ichiga oladiki, ularning mehnat bozoridagi bor-yo‘qligiga ko‘ra ish bilan oqilona bandlik ekanligi yoki oqilona emasligini aniqlash mumkin. Bular jamiyat, ijtimoiy guruh va ay-rim shaxsning manfaatlarini hisobga olish; jamiyatning iqtisodiy jihat-dan yuqori darajada rivojlanishini ta’minlash; jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining o‘zgarishlariga hozirjavoblik ko‘rsatish kabilardir. Ish bilan oqilona bandlikni iqtisodiy faol aholi umumiy sonida mahsuldor ish bi-lan bandlar ulushi tavsiflaydi.


Ish bilan oqilona bandlikning ish bilan bandlik kabi shakli mavjudli-gini barcha olimlar ham tan olavermaydi. Ko‘pchilik faqat ish bilan to‘liq va samarali bandlikni ajratishni ma’qul ko‘radi. Holbuki, ish bilan oqilona bandlik tasniflash elementi bo‘lishi lozim va ish bilan bandlikni samara-li deb, yillar o‘tib, uzoq istiqboldagina baholash mumkin, mehnat sohasida va ish bilan bandlik borasida jarayonlarni boshqarish uchun esa qisqa va o‘rta muddatli istiqboldagi ish bilan bandlik holati baholanishi zarur. Bunda ish bilan oqilona bandlikni ish bilan samarali bandlikka qarama-qarshi qo‘ymaslik kerak. Ish bilan oqilona bandlik – ish bilan samarali bandlik-ning shart-sharoiti, unga erishishdagi pillapoyadir. Ish bilan oqilona ban-dliksiz ish bilan samarali bandlik ham bo‘lmaydi.


Ish bilan samarali bandlik ijtimoiy boshqaruvning jamiyat rivoji-ning mazkur bosqichida turmush tarzining mezonlari taqozo etadigan xodim-larni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini tiklab borishga qodirligini nazarda tutadi. Ish bilan samarali bandlikning ushbu ko‘rinishda bo‘lishi daromad keltiradigan ijtimoiy foydali faoliyat bilan band bo‘lish hamda ish o‘rinlarining ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan maq-sadga muvofiq bo‘lishini nazarda tutadi. Ish bilan samarali bandlik, shu-ningdek, ko‘plab variantlar orasidan ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari yig‘indisi bo‘yicha aniqlangan eng yaxshisini tanlab olishni ham nazarda tutadi.


Ish bilan samarali mahsuldor bandlik ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish, mehnat unumdor-ligini oshirish maqsadlariga javob beradi, yuqori malakali, yaxshi o‘qitil-gan va harakatchan xodimlarning sog‘lom avlodini takror yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning ta’rificha, ish bilan samarali mahsuldor bandlik – mehnat mahsullari jamiyat tomoni-dan qabul qilinib, haqi to‘lanadigan kishilarning ish bilan bandligidir.

Ish bilan eng maqbul bandlik insonning doimiy ish bilan band bo‘lish-ga davlat tomonidan kafolat bo‘lmagan taqdirda, jamiyatda muayyan mavqe egallashini ta’minlaydigan, shaxsiy tarkibda haq to‘lash shart-sharoitlari asosida moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish maqsadida mehnat jarayonida qatnashishidir.


Mehnatga layoqatli aholini qamrash bo‘yicha ish bilan bandlik to‘liq va to‘liqsiz (qisman) ish bilan bandlik bo‘lishi mumkin. Ish bilan to‘liq bandlik­ – jami mehnatga layoqatli aholiga ijtimoiy foydali mehnat bi-lan shug‘ullanishning haqiqiy imkonini berish bo‘lib, u 100 % dan kamroq-ni tashkil qiladi. To‘liq ish bilan bandlik noiloj ishsizlikning mavjud emasligiga teng.


To‘liqsiz (qisman) ishsizlik to‘liqsiz ish vaqtining miqdoriy xususiyat-lari bo‘yicha quyidagi shakllarga ajratiladi:




To‘liqsiz ish mobaynida bandlik (qisqartirilgan ish haftasi, qisqarti-rilgan ish kuni). Bu ish vaqtining inqirozli qisqartirilishi natijasidir. Bunday tartib korxonalarga malakali va tajribali xodimlarni saqlab qo-lish va ishsizlikning oldini olishga imkon beradi.


Qisqa to‘liqsiz ish haftasi ish haftasi son jihatidan kamroq (to‘rt yarim, to‘rt, uch) ish kuniga taqsimlangan ish haftasining me’yoriy davo-miyligidir. Bu ish kunining uzayishiga olib keladi. Uch kun va undan ham kamroq ish kunida ishlab beriladigan, davomiyligi 30–34 soat bo‘lgan to‘-liqsiz qisqa ish haftasi qisqa ish haftasining o‘ziga xos tartibi sanala-di. Ish bilan bandlik­ nuqtai nazaridan, bunday tartib hafta davomida har kuni ishlanadigan taqdirda mavjud bo‘lishi lozim bo‘ladigan ish o‘rinlari sonini ikki hissa ko‘paytirish imkonini beradi. O‘tkazilgan tekshirishlar bunday tartib bo‘yicha ishlaydigan xodimlar soni ortishini ko‘rsatmoqda. Masalan, AQShda oxirgi 10 yil mobaynida bunday xodimlar soni 1,5 bara-varga ko‘paygan.


Ish o‘rinlarini bo‘lish – ish vaqtining inqirozli bo‘linishidir. Bir ish o‘rni ikki xodim o‘rtasida bo‘linadi. Kishilar ish soatlari, ish haqi, dam olish kunlari, ijtimoiy imtiyozlarni bo‘lishadilar. Bu ish bilan bandlik siyosatining moslashuvchanligini ta’minlash va malakali ishchi xodimlarni saqlab qolishga yordam beradi. Masalan, Buyuk Britaniyada ish o‘rinlarini taqsimlash maxsus dasturi bor. Unga ko‘ra, hukumat korxonalarga har bir bo‘-lingan ish o‘rni uchun 750 funt sterlingdan mablag‘ beradi.


Ish vaqtining muqobil tartibi ikki xodimni ish bilan to‘liqsiz bandlik­ shart-sharoitlarda ishlatish tartibi bo‘lib, kamroq qo‘llaniladi. Bu, shuningdek, ish o‘rinlarini bo‘lish hamdir. Lekin bunda ikki kishi bir ish o‘rnida navbati bilan (masalan, hafta oralatib) ishlaydi.

Ishga joylashishining legitimligi bo‘yicha ish bilan bandlik rasmiy va norasmiy bandlikka bo‘linishi mumkin. Rasmiy ish bilan band-lik – rasmiy iqtisodiyotda ro‘yxatga olingan ish bilan bandlikdir. No-rasmiy ish bilan bandlik – rasmiy iqtisodiyotda ro‘yxatga olinmagan ish bilan bandlikdir. Ish bilan bandlik sohasida iqtisodiyotning norasmiy sektori va uning ayrim turlarini ish o‘rinlarining muhim manbai sifa-tida tan olish lozim. Shu munosabat bilan XMT 169-maxsus konvensiya qa-bul qilgan bo‘lib, unda rasmiy va norasmiy sektorlar o‘rtasida qo‘shimcha


aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashish­ va norasmiy sektorni milliy iqtiso-diyotga doimiy ravishda kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurligi ko‘rsatilgan1.


Yuksak rivojlangan mamlakatlarda uy sharoitida ishlab chiqarish tizi-mi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu xo‘jalik instituti sho‘rolar davrida mamlakat iqtisodchilari tomonidan ochiq-oydin kamsitilar edi. Holbuki, uy sharoitida ishlab chiqarish – bozor iqtisodiyotining nihoyatda muhim ele-menti hisoblanadi. Uy sharoitida ishlab chiqarish tizimlarining mohiya-ti shundaki, uy xo‘jaliklari tovar va xizmatlarni sotib olib, unga mehnat sarflaydi va ushbu mahsulotni iste’molga tayyor holatga yetkazadi. Bu fao­ liyat «o‘zini o‘zi ta’minlash» (self-provisioning) deb nomlanadi. Bunday mehnat yollanma xodimlar mehnatidan farq qiladi, chunki bu mehnatning egalari mehnat bozoriga chiqolmaydilar. Ayni paytda u tadbirkorlik mehnati ham bo‘la olmaydi, chunki ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning muayyan bo-zorlarda sotilishi amalga oshmaydi.


Bozorda uy xo‘jaligining ne’matlarga talab sub’ekti va resurslar­ sotuv-chisi sifatidagi roli katta. Iste’mol tovarlariga talab bozor iqtisodiyoti-ga hayotiy kuch baxsh etadi. Uy xo‘jaliklarining muhim ishlab chiqarish resur-slari – mehnat va pul mablag‘lari taklifining sub’ektlari sifatidagi roli ham katta ahamiyat kasb etadi. Biroq rasmiy iqtisodiyot sohasidagi mehnat munosabatlari oilaviy iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada, oilaviy ishlab chiqarish ish bilan bandlik dinamikasida hamda iqtisodiyotning bosh­ qa sektorlaridagi mehnat munosabatlari tizimi rivojlanishida mavjud salbiy tendensiyalarni yumshatadigan oraliq omil bo‘lib xizmat qiladi.





Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling