12-mavzu. Ish bilan bandlik: nazariya va amaliyot Reja
Download 0.73 Mb.
|
12-mavzu. Ish bilan bandliknazariya va amaliyot — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar
12-mavzu. Ish bilan bandlik:nazariya va amaliyot Reja: 1. Aholini ish bilan ta’minlashning tasnifi 2. Aholining ish bilan bandligi, uning asosiy turlari va shakllari 3. Ish bilan bandlik sohasida ijtimoiy-demografik guruhlar Tayanch so`zlar : mulkchilik, shaklidagi korxona rahbari yoki alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari haqida yozma mehnat shartnomasi,amaliyot Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari. 1. Aholini ish bilan ta’minlashning tasnifi Iqtisodchilar ish bilan bandlikning turli shakllarini ajratadilar, ularning ayrim belgilariga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi 8.1-rasmda kelti-rilgan. Rasmda keltirilgan ish bilan bandlik shakllari O‘zbekistonda hozirda mavjud ish bilan bandlik munosabatlari modelini tashkil etadi. Model-da ish bilan bandlikning yangi shakllari, ish bilan bandlik chegaralarining kengayishi, ish bilan bandlik u yoki bu shakllarining hozirgi realliklarga to‘g‘ri keladigan mazmun bilan to‘ldirilishi aks ettirilgan. Ijtimoiy mehnatda qatnashish usuli bo‘yicha aholining ish bilan band-ligi yollanish bo‘yicha ish bilan bandlik va o‘z-o‘zini yollash tufayli mustaqil ravishda ish bilan band etish orqali xarakterlanadi. Yollanish bo‘yicha ish bilan bandlik ishlab chiqarish vositalari egalari bilan ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan va bo‘lg‘usi mehnati (o‘z ishchi kuchi)ni ish haqi shaklidagi muayyan qiymatga almashinish tarzida sotadigan xodimlar o‘rta-sida yuzaga keladigan munosabatlardir. Yollanib ishlaydiganlar – ish bilan bandlarning eng ko‘p sonli guruhi bo‘lib, mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona rahbari yoki alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari haqida yozma mehnat shartnomasi, kontrakt yoki og‘zaki bitim tuzgan shaxslar-ni o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini yollash tufayli mustaqil ish bilan bandlik (self-employment) aholining ish bilan bandligini ta’minlashda nisbatan yangi shakldir. Bu shunday ijtimoiy, huquqiy munosabatlarki, ularga kishilar ijtimoiy foy-dali mehnatda qatnashish tufayli kirishadilar. Ular shaxsiy tashabbus, mustaqillik va mas’uliyatga asoslanadi hamda odatda, mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va insonning o‘zini namoyon etishi va o‘z shaxsini qaror toptirishini keltirib chiqaradi. Bunda miqdor emas, balki sifat ko‘rsatkichi muhimroqdir. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling