Besh tashabbus Turli ziddiyatlar kuchayib boryotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli otkazish har qachongidan ham muhimroq ekanini zamonning ozi ko’rsatin turibdi. Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. 1-tashabbus Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga istedodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 2-tashabbus Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport soxasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratishga yunaltirilgan. 3-tashabbus Axoli va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 4-tashabbus Yoshlarni manaviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan 5-tashabbus Xotin qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |