4. Ish haqining tabaqalanishi, Yagona tarif tizimi, uning maqsadi va vazifalari
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga
oshiriladi. Tarif tizimi – tarmoqlar va mamlakat mintaqasi boʻyicha, ular ichida esa ishlab
chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va
xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- tarif-malaka ma’lumotnomalari;
- tarif stavkalari;
- tarif setkalari;
- ish haqiga nisbatan qoʻllaniluvchi turli koeffitsientlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |