Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tavsifi, u
yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablardan iborat boʻlib,
ularda muayyan ishni tariflash uchun qoʻyiladigan razryadlar ham koʻrsatiladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham boʻlib, ular birinchi
razryadli ishchiga haq toʻlash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq toʻlashning oʻzaro
nisbatini koʻrsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng boʻladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |