12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja
Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Download 375.78 Kb. Pdf ko'rish
|
12-seminar
2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning ma’lum qismi, ya’ni ishchi va xizmatchilarga, ya’ni ishchi kuchiga tegishli qismi uning ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadi, bu iqtisodiy adabiyotlar va hujjatlarda ish haqi deb yuritiladi. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar. Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi» kontseptsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yoʻnalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, oʻziga xos tovar deb hisoblaydi. SHu sababli bu nazariya ish haqiga tovar boʻlgan ishchi kuchi qiymatining oʻzgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Download 375.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling