12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari reja


Download 375.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi375.78 Kb.
#208799
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-seminar

Tarif  stavkalari  tegishli  razryadga  ega  boʻlgan  ishchining  mehnatiga  toʻlanadigan  haq 

miqdorini belgilab beradi. 

 

5. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli 

 

Mehnat  munosabatlari  –  ish  beruvchilar  va  yollanma  ishchilar  oʻrtasidagi  mehnatning 



sharoitlari va mehnatga haq toʻlash boʻyicha munosabatlardir. 

Ishga  yollash  boʻyicha  korxona  ma’muriyati  va  ishchilar  oʻrtasidagi  munosabat  mehnat 

shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari – korxona ma’muriyati va ishchilar 

oʻrtasidagi  ishga  yollash  boʻyicha  munosabatni  namoyon  etuvchi  va  tartibga  soluvchi  huquqiy 

hujjat.  Mehnat  shartnomalari  avvalo  ish  haqi  stavkasi,  me’yordan  ortiqcha  bajarilgan  ishlar 

uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sogʻliqni saqlashga ajratmalar 

hamda  narxlarning  oʻzgarishini  hisobga  olib  iste’molchilik savati qiymatini  tartibga  solish kabi 

jihatlarni  oʻz  ichiga  oladi.  Keyin  mehnat  sharoiti  masalalari  qarab  chiqiladi.  Nihoyat,  qator 

tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi. 

Aksariyat  ishchi  kuchi  bozorlarida  ishchilar  oʻzlarining  ishchi  kuchini  kasaba 

uyushmalari  orqali  jamoa  boʻlib  «sotadilar».  Kasaba  uyushmalari  nisbatan  koʻp  sonli  ishga 

yollovchilar  bilan  muzokaralar  olib  boradi  va  ularning  asosiy  iqtisodiy  vazifasi  ish  haqini 

oshirishdan  iborat  boʻladi.  Kasaba  uyushmalari  bu  maqsadga  turli  xil  yoʻllar  bilan  erishishi 

mumkin. 


1. Ishchi kuchiga boʻlgan talabni oshirish.  

2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish.  

3. Kasb boʻyicha malaka darajasini litsenziyalash.  

4.  Kasaba  uyushmalari  jamoa  shartnomalari  tuzishda  monopol  holatga  ega  boʻlgan 

tadbirkorlarga  qarshilik  koʻrsatish  yoʻli  bilan  ham  ish  haqi  stavkasini  oshirishga  erishishi 

mumkin.  




Download 375.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling