12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari
Download 39.55 Kb.
|
Data base security - lecture 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizim ketma-ketliklari diagrammasi.
Xatti-harakat bayoni
Tizimiy hodisalar va operatsiyalar Konseptual model ishlab chiqiluvchi dasturiy ta’minotning statik xossalarini xarakterlaydi. Uning xatti-harakati xususiyatlarini, ya’ni tizimning mumkin bo‘lgan amallarini bayon etish uchun tizim ketma-ketliklari diagrammalaridan, tizimiy hodisalar, tizimiy operatsiyalar, faoliyatlar diagrammalaridan, zaruriyat bo‘lganda obyektlar holatlari diagrammalaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tizim ketma-ketliklari diagrammasi. Tizim ketma-ketliklari diagrammasi — grafik model bo‘lib, foydalanish variantining belgilangan ssenariysi uchun harakatlanuvchi shaxslar bo‘laklaydigan hodisalarni va ularning tartibini ko‘rsatadi. Bunda tizim yagona yaxlitlik sifatida qaraladi. Tizim ketma-ketliklari diagrammasi tizimi uchun quyidagilar zarur: • tizimni ≪qora quti≫ sifatida tasavvur etish va uning uchun hayot chizig‘ini blokka pastdan boruvchi vertikal punktir chiziqni tasvirlash lozim; • har bir harakatlanuvchi shaxsni identifikatsiyalash va uning uchun hayot chizig‘ini tasvirlash kerak (dasturiy ta ’minlashdan birgalikda foydalanish variantlarida kocplab harakatlanuvchi shaxslar bo‘ladi); • foydalanish varianti bayonidan tizimiy hodisalar ko‘pligini va ularning ketma-ketligini belgilash darkor; • tizimiy hodisalarni oxirida strelkani chiziqlar tarzida harakatlanuvchi shaxslar va tizimlar hayot chiziqlari o'rtasida tasvirlash, hamda hodisalarning nomlarini va beriluvchi ifodalar ro‘yxatlarini ko'rsatish shart. Ichki hodisalardan farqli o'laroq, tizim uchun harakatlanuvchi shaxslar tomonidan bo‘laklanadigan hodisalar tizimiy hodisalar deyiladi. Tizimli hodisalar tegishli ko‘plab operatsiyalar (ular ham tizimiy deyiladi) bajarilishini boshlaydi. Har bir tizimiy operatsiyani tegishli xabar nomi bo`yicha nomlanadi. Barcha tizimli operatsiyalarning ko‘pligini barcha foydalanish variantlarining tizimiy hodisalarini identiflkatsiyalagan holda belgilanadi. Ko'rgazmalilik uchun tizimiy operatsiyalarni System abstrakt sinfi (tipi) operatsiyalari tarzida tasvirlanadi. Agar operatsiyalar ko‘pligini turli foydalanuvchilar boshlanuvchi tagko‘pliklarga ajratish zarur bo‘lsa, u holda bir necha System 1, System 2 va h.k. abstrakt sinflardan foydalaniladi. Download 39.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling