12-mavzu: ma’rifat asri nuriddinova Ruhshona
Download 7.27 Kb.
|
12-mavzu ma’rifat asri-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ioagann Volfgang Gyote
- Tasviriy san’at. Fransua Bushe
- Antuan Vatto
- Musiqa. Iogann Sebastyan Bax
Jonatan SviftQishloq ruhoniysi, keyinchalik esa Irlandiyadagi Dublin ibodatxonasi rahbari Jonatan Svift (1667–1745) ma’rifatparvarlarning oliyjanob g’oyalari odamlarni o’zgartirmaganligini, burjua jamiyati ham feudal jamiyat singari mukammallikdan ancha yiroq ekanligini o’zining «Gulliverning sayohatlari» romanida ochib berdi.Ioagann Volfgang GyoteBuyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyote (1749–1832) esa o’z asrini – ong va yorug’lik asrini ifodalaydigan qahramon izlab, doktor Faust haqidagi qadimiy nemis afsonasini qayta yozdi. Yaratilishiga 60 yil sarflangan falsafiy drama insonning o’z g’oyalari uchun kurashi buyuk kurash ekanligini ta’kidlash bilan Ma’rifat asrining mohiyatini ochib beradiTasviriy san’at. Fransua BusheXVIII asrning birinchi yarmida Yevropa tasviriy san’atida hali ham saroy ahlining noziktab san’ati gullab-yashnardi. Bu davrda «qirolning birinchi tasvirchisi», afsonaviy sahnalarning ajoyib ustasi Fransua Bushe (1703–1770) edi. Uning real hayotdan cheksiz yiroqda bo’lgan suratlari aristokratlar saroylariga ajoyib bezak bo’la olardi.Antuan VattoBoshqa bir rassom Antuan Vattoning (1684– 1781) suratlari esa ancha chuqurroq ma’no kasb etar edi. U chizgan suratlar eng nozik his-tuyg’ularni, qahramonlarning ko’z ilg’amas kayfiyatlarini ifodalaydi. Xatto chizgan «Qiyin taklif», «Beparvo» kabi asarlar juda mashhur edi.Musiqa. Iogann Sebastyan BaxNemis kompozitori Iogann Sebas- tyan Bax(1685–1750) hayot davrida mashhur emasdi. Uning asarlari odamlarga o’ta jiddiy tuyulardi, cherkov es a Xudodan qo’rqish ohanglarining yetarli emasligi uchun uning mu- siqalarini yoqtirmas edi. Hatto, Baxning o’g’illari ham otasining ijodini umidsiz, eskirib qolgan deb hisoblashardi. Ularga meros bo’lib qolgan Bax qo’lyozmalarining ancha qismini yo’qotib yuborishgan. Baxning xor, solistlar va orkestr uchun yozilgan ulkan asari – «Matto bayon etgan buyuk musibat» havoriy, ya’ni Iso Masihning shogirdi Matto hikoya qilib bergan Iso uqubatlarini, hishayajonini ifodalaydi. Injil afsonasini Bax odamlarni qutqarish uchun o’zini qurbon qilgan qahramon haqidagi xalq dramasi sifatida bayon qiladi.Download 7.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling