12-mavzu: ma’rifat asri nuriddinova Ruhshona
Download 7.27 Kb.
|
12-mavzu ma’rifat asri-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar
- Daniyel Defo
12-mavzu: ma’rifat asri 12-mavzu: MA’RIFAT ASRINuriddinova RuhshonaIjtimoiy-siyosiy g’oyalarXVIII asr Yevropa tarixiga «Ma’rifat asri» nomi bilan kirdi. Ilgari faqat tor doiradagi olimlarning mulki bo’lgan ilm-fan universitet chegarasidan chiqib, keng jamoatchilikka tarqala boshladi. Eng ilg’or kayfiyatdagi, ma’rifatli yozuvchilar, rassomlar, faylasuflar insonni ezayotgan, uning qobiliyatini cheklayotgan va qadr-qimmatini oyoqosti qilayotgan hamma holatlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Ular cherkov ta’limoti va umuman, dinning o’zini tanqid qildilar, absolutizmga va barcha feodal tartiblarga qarshi chiqdilar, feodal turmush tarzining umrini o’tab bo’lgan barcha illatlariga qarshi kurash boshladilar.Ijtimoiy-siyosiy g’oyalarXVIII asr ma’rifatparvarlarini insonning tugamas kuch va imkoniyatlariga buyuk ishonch, ommani keng miqyosda ma’rifatli qilish za‘ruratini tushunish hissi ajratib turardi. Shu sababli ma’rifatparvarlik o’z davrining buyuk g’oyaviy harakati edi.Eski nazariyalar va g’oyalarga qarama-qarshi tarzda ma’rifatparvarlar ilg’or va o’z davri uchun inqilobiy bo’lgan yangi g’oyalarni ilgari surdilar. Inson uchun munosib yashash va mehnat sharoitini yaratadigan fanning imkoniyatlariga cheksiz ishonch Ma’rifat asrining asosiy g’oyasi bo’ldi. Shu sababli «fan va taraqqiyot» degan so’zlar ma’rifatparvarlarning shioriga aylandi.Ijtimoiy-siyosiy g’oyalarBu harakat ishtirokchilari tarixda «ma’rifat parvarlar» nomini oldilar. Ulardan eng mashhurlari fransuz allomalari Volter, Sharl Monteskyo, Jan Jak Russo, Deni Didro va ingliz ma’rifatparvari Adam Smit edi.Ma’rifat asri badiiy adabiyotiMa’ rifat asri – bu Yevropa madaniyati tarixidagi asosiy bosqichlardan biri bo‘lib, fan, falsafa va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan bog‘liq. Ma’rifat asrining asosini hurfikrlilik tashkil qiladi.Daniyel DefoIngliz yozuvchisi Daniyel Defo(1660–1731) o’z qahramonini ishbilarmon, mehnatsevar, o‘z kuchiga ishonuvchi qilib yaratdi. Robinzon kimsasiz orolda tirishqoqlik va o‘jarlik bilan uy qurdi, ro’zg’or buyumlari va mebel yasadi, hayvonlarni o’rgatdi. «Robinzon Kruzoning hayoti va g’aroyib sarguzashtlari» romani mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo’lib qoldiDownload 7.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling