12-mavzu: ma’rifat asri nuriddinova Ruhshona


Download 7.27 Kb.
bet3/3
Sana24.04.2023
Hajmi7.27 Kb.
#1395328
1   2   3
Bog'liq
12-mavzu ma’rifat asri-fayllar.org

Iogann Sebastyan Bax

Volfgang Amadey Motsart

Ma’rifat asri musiqa san’atiga ulkan hissa qo’shgan yana bir shaxs Volfgang Amadey Motsart (1756–1791) edi. U Avstriyaning qadimiy go’zal shaharchasi Zalsburgda dunyoga keldi. Zamondoshlari Motsartni o’z davrining haqiqiy mo’jizasi deyishgan. Uning hayoti qisqa, qashshoqlik, xo’rlik va yolg’izlikka to’la bo’lsa V.A. Motsart ham,unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish ustun edi. U 3 yoshidan boshlab musiqani o’rgana boshladi, 4 yoshida o’zining birinchi konsertini yozdi, 12 yoshida yozgan operasining premyerasi Milan teatrida qo’yildi, 14 yoshida Motsart Italiyadagi eng obro’li musiqa akademiyasining akademigi bo’ldi. Hayotining so’nggi o’n yilini Motsart Venada o’tkazdi. Kompozitorning «Figaroning uylanishi» operasi uni juda mashhur qildi. Operaning kuylari hamma yerda: ko’chalarda, maydonlarda, oshxonalarda jaranglaydi, uni, hatto ko’cha musiqachilari ham ijro etardilar

Volfgang Amadey Motsart

Kompozitorning so’nggi asari– «Rekviyem» (requem–motam kuyi, orom) cherkovlarda marhumlarning xotirasiga bag’ishlab ijro etilardi. Bu hayot va o‘lim haqidagi, insonning bu dunyodagi qismati haqidagi asar. Uning birinchi ijrosigacha yashash Motsartga nasib etmadi.

Lyudvig van Betxoven

O’zini buyuk kompozitor Motsartning vorisi deb hisoblagan kishi Lyudvig van Betxoven (1770–1827) edi. U 22 yoshidan boshlab Venada yashadi. Dahshatli kasallik oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay qolgan Betxoven taslim bo’lmadi. U kasallikka qarshi kurashgan yillari ta’sirining qudrat go’zalligi bilan kishilarni hayratga soladigan asarlar yaratdi. «Fantaziya yo‘lida sonata» («Oydin») – kompozitorning baxtsiz muhabbati haqidagi asar. «Qahramonona» simfoniyasi esa XVIII asr oxirida Fransiyada yuz bergan inqilobiy voqealar ruhi bilan yo’g’rilgan. Simfoniya dastlab Bonapartga bag’ishlangan edi. U o’zini imperator deb e’lon qilganidan so’ng kompozitor asarini uning nomi bilan bog’lamadi va «Qahramonnoma» degan yangi nom berdi.



Lyudvig van Betxoven

E’tiboringoz uchun rahmat

E’tiboringoz uchun rahmat



http://fayllar.org
Download 7.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling