12-mavzu. Marketing muhiti (4 soat) umumiy tushuncha
Download 221,2 Kb. Pdf ko'rish
|
12-мавзу амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPSHIRIQLAR.
- VAZIFA. «NIMA UCHUN» SXEMASI
12-MAVZU. MARKETING MUHITI (4 SOAT) UMUMIY TUSHUNCHA. Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‘zida to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, taqsimot (sotish, o‘tkazish, narxlarni) birlashtiradi. Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovasion darajasi, o‘lchovning holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini aniqlab olish kerak. Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’yektlar yigindisidan iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 1. ta’minotchilar 2. raqobatchilar 3. vositachilar 4. iste’molchilar (bozor) 5. firma (kompaniya) Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‘indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta’minlaydi. Raqobatchilar – istak bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi bo‘yicha, tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi. Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam ko‘rsatuvchilardir. Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga bo‘linadi. Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini transportirovka qilish bilan shug‘ullanish. Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarni amalga oshiradi. Iste’molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchini xulq-atvorini o‘rganish, uning ehtiyojini, firma mahsulotiga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, tahlil qilishdan iborat. TOPSHIRIQLAR. Mavzuga oid qo‘shimcha adabiyotlar, internet materiallaridan foydalanib mavzuni mustahkamlash. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan kompaniya va firmalarda marketing faoliyatini tashkil qilish va boshqarish jarayonlari haqida ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash jarayonlarini o‘rganish va tahlil qilish. VAZIFA. «NIMA UCHUN?» SXEMASI –muammoning dastlabki sababini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri bo‘lib,tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. «Nima uchun?» sxemasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga yo‘riqnoma O‘quv topshiriqda ko‘rsatilgan muammo sababini aniqlash uchun: 1) Muammoni yozing va strelka chizig‘ini chiqarib «Nima uchun?» so‘rog‘ini yozing. 2) Savolga javob yozib nima uchun so‘rog‘ini takror yozib boravering. Bu jarayonni muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom ettiring Ushbu innovasion ta’lim texnologiyasi asosida mavzuga oid ikki-uchta tushunchalarni solishtirish va tahlil qilish. Nazorat va mulohaza uchun savollar. 1. Marketing tizimi dyeganda nimani tushunasiz? 2. Korxonada marketingni tashkil etish jarayoni qanday amalga oshiriladi? 3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat? 4. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz? 5. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi? 6. Marketingni qanday turlarini bilasiz? 7. Makro va mikro marketing nima? 8. Marketingni boshqarish jarayonini takomillashtirish yo‘llari nimalardan iborat? Download 221,2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling