12-mavzu. Marketing muhiti


Download 343.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi343.31 Kb.
#1303532
1   2   3   4
Bog'liq
12-мавзу

 
12.2. Korxona mikro-muhiti 
Korxonaning mikro-muhiti tarkibiga ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar, 
mijozlar (iste’molchilar) va aloqalar o‘rnatiluvchi auditoriyalar kiradi. Biroq marketing 
faoliyatini uyushtirish jarayonida korxona qaramog‘ida bo‘lgan qismlarning manfaati ham 
hisobga olinishi zarur, shu jumladan, yuqori rahbariyat, moliyaviy xizmat, moddiy-texnika 
ta’minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, ilmiy va konstruktorlik ishlari xizmati. 
Korxonaning umumiy maqsad va vazifalari, strategiya va siyosati yuqori rahbariyat 
tomonidan aniqlanadi. Ta’minotchilar - bu kelishilgan shartnomalarga ko‘ra firmani xom 
ashyo materiallari, jihozlar va texnik vositalar, komplektlovchi mahsulotlar, oziq-ovqat 
mahsulotlari va hokazolar bilan ta’minlab turuvchi korxonalar. Ular uch turga bo‘linadi: 
yeksklyuziv, qonun-qoidaga rioya qiladigan va chetki. Birinchilari - faqat mazkur firma 
bilan hamkorlik qiladilar, ikkinchilari - firmaga ham, uning raqiblariga ham xizmat 
qo‘rsatadilar, uchinchilari - faqat raqobatchilar bilan ishlaydilar. Tabiiyki, eksklyuziv 
ta’minotchilarga yetarlicha katta hajmdagi faoliyat sohasiga ega bo‘lgan, bunday 
ta’minotchiga barqaror ishni ta’minlay olgan firma ega bo‘lishi mumkin. Qonun-qoidaga 
rioya qiladigan ta’minotchilarga kelganda esa, ular bilan yaqin munosabatlarni saqlab 
turish kerak, chunki ular firma haqida ham, uning raqiblari haqida ham boy axborot manbai 
bo‘lib maydonga chiqishi mumkin. 


Vositachilar - mahsulotlarni sotish va siljitishda firmalarga yordam beruvchi bozor 
(kompaniya) sub’yektlari. Shu bilan bir qatorda ular firma haqida va o‘zlari haqida 
ma’lumot tarqatish bilan shug‘ullanadilar. Vositachilar savdo va transport tashkilotlari, 
reklama va marketing agentliklari, sotish bilan shug‘ullanuvchi firmalar va moliya 
tashkilotlari bo‘lishi mumkin. 
Iste’molchilar - mazkur firma mahsulotining xaridorlari hisoblanadigan jismoniy va 
huquqiy shaxslar (fuqarolar, oilalar, firmalar, jamoat tashkilotlari va davlat muassasalari). 
Iste’molchilar o‘rtasidagi katta farqqa qaramay, ularda umumiy xususiyatlar bor. Ular 
marketing maqsadlariga bog‘liq holda maqsadli guruhlarga birlashtirilishi mumkin bo‘lgan 
jins, yosh, malaka, ehtiyojlar tarkibi, daromadlarni belgilaydi. Umuman, bozordagi xatti-
harakatlari strategiyasi jihatidan bir-biridan ancha farq qiladigan iste’molchilarning besh 
turi farqlanadi.
Salmoqli qismini yakka iste’molchilar tashkil yetadi, ya’ni aholining tovar va xizmatlarni 
faqat o‘zining shaxsiy foydalanishi uchun sotib oladigan qismi. Oilalar yoki uy 
xo‘jaliklari asosan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiladilar. 
Miqyoslariga va xaridlarining hajmiga ko‘ra ular ham iste’molchilarning asosiy turiga 
kiradi. Vositachilar ancha professional xaridorlardir, zero, ular tovarlarni asosan qayta 
sotish maqsadlarida sotib oladilar. Shu bilan bog‘liq holda ular tovar narxiga, uning 
o‘ramiga, saqlanish muddatlari kabi omillarga ko‘proq e’tibor beradilar. Firmalarning 
xodimlari bo‘lgan ta’minotchilar moddiy-texnika ta’minoti uchun tovarlarni sotib 
oladilar, bunda ular e’tiborining markazida tovarning narx va miqdoriy tavsifi, transport 
xarajatlari, ishlab chiqaruvchining obro‘i, mijoz istagiga reaksiyaning tezligi, to‘lovni 
kechiktirish imkoniyati kabi ko‘rsatkichlar turadi. Davlat va jamoat muassasalarining 

Download 343.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling