12-mavzu. Marketing muhiti
Download 343.31 Kb. Pdf ko'rish
|
12-мавзу
12-MAVZU. MARKETING MUHITI 12.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati 12.2. Korxona mikro-muhiti 12.3. Korxona makro-muhiti Tayanch so‘z va iboralar. Marketingni boshqarish, marketing kompleksini ishlab chiqish, makromarketing, mikromarketing, xalqaro marketing, eksport marketingi, tashqi muhit, ichki muhit, funksional boshqarish, tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish, bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. 12.1. Marketing muhiti tushunchasi va mohiyati Marketing muhiti deganda korxona marketing xizmati xodimlarining mijozlar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va bu munosabatlarning saqlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi sub’yektlar va kuchlarning majmui tushuniladi. Muhit doimiy o‘zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o‘rganish, alohida jarayonlarni va ularning o‘zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo‘lib hisoblanadi. Odatda muhitlar mikromuhit va makromuhitlarga ajratiladi. Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari korxonaning faoliyati va uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining nazorati ostida bo‘ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining yo‘llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini yechish. Download 343.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling