12-MAVZU. MATLAB DASTURIDAN MUHANDISLIK
MASALALARIDA FOYDALANISH.
Reja
1. Matlab dasturida arifmetik amallarni qo`llash
2. Matlab buyruqlari. standart funksiyalar
3. Matlab da matеmatik ifodalar ustida shakl almashtirishlar
4. Matlab tizimida massivlar bilan ishlash
MATLAB matritsalar, murakkab matematik hisoblarda, jumladan, oziq-
ovqat injineringii masalalarini yechishda va dinamik tizimlar hamda obyektlarni
modellashda keng qo’llaniladi. Ular dinamik tizimlar va obyektlarning holat
tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va yechishning asosi bo’lib hisoblanadi.
Bunga MATLABning kengaytmasi Simulink misol bo’lishi mumkin. MATLAB
tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda foydalanuvchilarni
an`anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo’lgan va imkoniyatlari
keng modellash vositalari bilan ta`minlashdir. MATLAB ochiq axitekturaga ega
bo`lganligi sababli mavjud funksiyalarni o’zgartirish va yaratilgan xususiy
funksiyalarni qo’shish mumkin.