12-mavzu. Matn tahliliva va tahriri. Hujjatlar ustida ishlash
Download 36.5 Kb.
|
12-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy til doirasida fikr ifodalash; Ixcham , aniq va to`g`ri fikr ifodalash; Ta’sirchan fikr ifodalash.
12-MAVZU. MATN TAHLILIVA VA TAHRIRI. HUJJATLAR USTIDA ISHLASH Jamiyat rivojlanishi bilan til takomillashib kelgan. Bunda insonlarning dunyoqarashi, bilim salohiyati, ruhiyati , yashash tarzi muhim o`rin tutadi. Bu jarayonda ijtimoiy hayot insonlarga kuchli ta’sir ko`rsatadi. Natijada fikr ifodalashning turli usullari yuzaga keladi. Hozirgi kunda fikr ifodalashning quyidagi usullari mavjud: Adabiy til doirasida fikr ifodalash; Ixcham , aniq va to`g`ri fikr ifodalash; Ta’sirchan fikr ifodalash. Muloqotda yuqoridagi usullar asosida ifodalangan fikr matn yaratishda muhim o’rin tutadi. Matn deganda biron-bir muallifga tegishli bo‘lgan, ma’lum fikrlar majumasi hisoblangan nutq, qo‘lyozma yoki nashrdan chiqqan asar tushuniladi. Ammo har qanday qo‘l yozmani ham matn deyaverish to‘g‘ri emas. Matn bo‘lishi uchun u, hajmidan qat’iy nazar, asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘lishi zarur. Matnlarning tahlili bilan shug‘ullanuvchi soha matnshunoslik deyiladi va u ham boshqa fan sohalari singari o‘z tekshirish metod va usullariga ega. Bunda dastlab qiyosiy-tarixiy metodga amal qilinadi. Alohida bir matnni ajratib olib o‘rganish natija berishi qiyin. Chunki ko‘zda tutilgan maqsadga matnlarni o‘zaro va davriy jihatdan tahlil qilish bilangina erishiladi. Mana shunday yo‘l bilan matnning shakllanishini, bir matndan ikkinchisigacha bo‘lgan o‘sish va takomillashishni, binobarin, muallifning fikriy rivojini ham anglash mumkin bo‘ladi. Akad.D.S.Lixachevning fikricha, matnshunoslik – matn va matn tarixini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan hisoblanib, uni matnlar nashri texnikasidan farqlash lozim bo‘ladi [2, 7-b.]. Matn ustida ishlash murakkab va ijodiy jarayon bo‘lib, uni qo‘lga olishdan nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan davr bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oldai. Ular quyidagilar: Matn manbasini aniqlash. Asosiy matnni aniqlash. Muallifning matn bo‘yicha oxirgi, haqiqiy variantini aniqlash. Matnni nashrga tayyorlash. Nashr turlari: hujjatli nashrlar (faksimil nashrlar), ilmiy-tadqiqot nashrlari – akademik, ilmiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy va hokazo. Matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi kishi dastlab ana shu matnga aloqador bo‘lgan barcha qo‘lyozma va bosma materiallarni, muallifning turli xil qaydlarini to‘playdi. Bunda matnning qoralama nusxasi bilan oxirgi oqqa ko‘chirilgan varianti muhim hisoblanadi. Matnni shakllantirishda yozuv mashinkalari yoki hozirgi zamonaviy kompyuterlarning aralashuvi matn ustida ishlashning yangi usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Chunki ayrim mualliflar birdaniga ana shu texnika vositalari yordamida matnni shakllantiradilar va bu narsa ularning matn tili ustida qanday ishlaganligini va o‘ziga xos uslubini bilishni murakkablashtiradi. Jamiyatni tilsiz va tilni insoniyat jamiyatidan ajralgan holda tasavvur etib bol`maydi. Til va tafakkurning paydo bo`lishi hamda ularning taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan chambarchas bog`liqdir. Chunki til insonlar orasida o`zaro aloqa vositasi, fikr almashishning eng muhim quroli sifatida paydo bo`lgan va necha ming yillardan buyon shu vazifani benuqson bajarib kelmoqda. Til va tafakkur insonni boshqa jonzotlardan ajratib, aqlli mavjudot sifatida jamiyatga birlashtirdi. Jamiyat taraqqiy eta borgani sari til ham, tafakkur ham va hatto insonning o`zi ham tinimsiz taraqqiy eta boradi. Jamiyat taraqqiyoti tufayli tilning lug`at tarkibi boyiydi, grammatik qurilishi takomillasha boradi, ifoda usullari sayqal topib, rivojlanadi. Til taraqqiyotidagi o`zgarishlarni, jumladan o`zbek tilining qay darajada rivojlana borganligini M.Koshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida keltirilgan she’riy parchalar, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” dostoni, A.Navoiyning sernavo va sehrli g`azallari tili bilan XX asrda ijod qilgan va biz bilan zamondosh shoirlar-u adiblarning bugun yaratayotgan asarlari tilini qiyoslash orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin. Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling