12-mavzu. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini tahlili


Iste’molga ajratilgan mablag‘larning tarkibi


Download 73 Kb.
bet2/2
Sana24.01.2023
Hajmi73 Kb.
#1116051
1   2
Bog'liq
12-mavzu 1-ma`ruza

2. Iste’molga ajratilgan mablag‘larning tarkibi. Ish haqi jamg‘armasi statistika organlarining amaldagi yuriqnomasiga muvofiq korxonaning joriy xarajatlariga ajratilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining o‘zini emas, balki shu bilan birga, ijtimoiy himoya mablag‘lari xisobiga kiradigan to‘lovlarni ham, korxona ixtiyorida qolgan sof foydani ham o‘z ichiga oladi.
2-jadvalda iste’molga ajratilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Ish haqi jamg‘armasiga hamma xodimlarga  doimiy, mavsumiy, vaqtincha ishlaydigan xodimlarga,  bajarilgan ish uchun to‘langan pul summalari kiradi. Ish haqi jamg‘armasidan tarif stavkalari va mansab maoshlari bo‘yicha haq to‘lash, ishbay mehnatga haq to‘lash, ishlab chiqarishning natijalari uchun mukofotlar, og‘ir va zararli mehnat sharoitlari uchun, kasb maxorati uchun, bir necha kasblarni qo‘shib bajarganliklari va xizmat ko‘rsatish zonalari kengaytirilganligi uchun qo‘shimcha va ustama haqlar beriladi, har yilgi va qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash va xokazolar amalga oshiriladi.
Sof foyda xisobidan to‘lovlarga quyidagilar kiradi: yil yakunlari bo‘yicha ish natijalariga haq to‘lash; moddiy yordam ko‘rsatish; pensionerlarga bir galgi to‘lovlar; talabalarga stipendiya va ta’limga haq to‘lash; hodimlarni uy-joy qurilishiga berilgan qarzlarni uzish; dam olish va davolanish yo‘llanmalariga haq to‘lash; qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha dividend to‘lash va x.k.
Ijtimoiy to‘lovlarga bola tarbiyalayotgan onalarga nafaqalar, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, kasaba uyushmalari yo‘llanmalarining qiymati va x.k. kiradi.
Iste’molga ishlatiladigan mablag‘lar tarkibida eng ko‘p salmoqqa ega bo‘lgan jamg‘arma mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi bo‘lib, u mahsulot tannarxiga kiritiladi.
2-jadval

Iste’molga ajratilgan mablag‘lardan foydalanishni


tahlil qilish (mln. so‘m.)

Haq to‘lash turlari

Reja

Haqiqatda

Farq

  1. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi.

    1. Ishbay ish haqi bo‘yicha.

    2. Tarif stavkalari va mansab maoshlari bo‘yicha.

    3. Ishlab chiqarishning natijalari uchun mukofotlar.

    4. Kasb mahorati uchun qo‘shimcha haqlar.

    5. Tungi vaqtda ishlaganligi uchun qo‘shimcha haqlar, ishdan tashqari soatlar, bayram kunlari.

    6. Har yilgi va qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash.

    7. Bekor turib qolishga haq to‘lash.

20500
10630

6580

1400

500
--


1390
--



21465
11180

6349

1545

520
80


1491
300



965
550

-231

145

20
80


101
300



  1. Sof foyda xisobidan to‘lovlar.

    1. Yil yakunlari bo‘yicha ish natijalariga haq to‘lash.

    2. Moddiy yordam.

    3. Pensionerlarga bir martalik to‘lovlar.

    4. Talabalarga stipendiya va ta’limga haq to‘lash.

    5. Xodimlarning uy-joy qurilishga berilgan karzlarini uzish.

    6. Dam olish va davolanish yo‘llanmalariga haq to‘lash.

    7. Kimmatli kog‘ozlar bo‘yicha dividend to‘lash.

6130

1800
700


30


150

600

220

2360


6145

1850
720


45


150

600

250

2530


15

50
20


15


---

---

30

170


  1. Ijtimoiy to‘lovlar.

    1. Bola tarbiyalayotgan onalarga nafaqalar.

    2. Vaqtincha mehnatga layokatsizlik nafaqalari.

    3. Kasaba uyushmalari yo‘llanmalarining qiymati.

940

150

540

250


1100

160

740

200


160

10


200

-50


Iste’molga ajratilgan mablag‘lar jami:

27570


28710


1140


Umumiy summadan ulush, %
ish haqi jamg‘armasi
Sof foydadan to‘lovlar (%)
Ijtimoiy himoya jamg‘armasi xisobidan to‘lovlar, (%)

74,4

22,2

3,4


74,8

21,4

3,8


0,4

-0,8

0,4


Ishlovchilar o‘rtacha ish haqining biror vaqt ichidagi (yil, oy, kun, soat) o‘zgarishi uning indeksi (Jux) bilan ajralib turadi, u xisobot davridagi o‘rtacha ish haqining (UXx) bazis davridagi o‘rtacha ish haqiga (UXb) nisbati bilan aniqlanadi.


Mehnat unumdorligi indeksi ham xuddi shunday hisoblanadi.
Keltirilgan ma’lumotlarda tahlil qilinayotgan korxona mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari mehnatga haq to‘lashning o‘sish sur’atlaridan ortib ketgan. Ortib ketish koeffitsiyenti (Kok) quyidagiga teng:

Mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi nisbatlarning o‘zgarishi sababli ish haqi jamg‘armasining tejalishi (-E) yoki ortiqcha sarflanishi (QE) summasini aniqlash mumkin:

Bizning misolimizda mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarining mehnatga haq to‘lashning o‘sish sur’atlariga nisbatan ancha yuqori bo‘lishi ish haqi jamg‘armasini tejashga imkon beradi. Inflyatsiya sharoitida o‘rtacha ish haqining o‘sish indeksini tahlil qilishda ana shu davrdagi iste’mol tovarlari va xizmatlar narxining o‘sish indeksini hisobga olish zarur.
Masalan, xisobot yilida xodimlarning o‘rtacha yillik ish haqi  106,4 mln. so‘m, o‘tgan yili  76 mln. so‘m bo‘lgan, ana shu davrdagi inflyatsiya indeksi 1,5ni tashkil etdi. Demak, korxona xodimlarining real ish haqi tahlil etilayotgan davrda ko‘paymasdan, balki 6,7% (100-(106,4G‘(76x1,5))x100) kamaygan.
Ish haqi jamg‘armasining sarflanishi, uning miqdori tannarx elementi sifatida foyda va rentabellikda bevosita o‘z aksini topadi. Mehnat unumdorligi va o‘rtacha ish haqi o‘sish sur’atlarining o‘zaro nisbati shunday bo‘lishi lozimki, unda mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlaridan yuqori bo‘lishi lozim.
Mehnat unumdorligi va o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlari o‘zaro nisbatining tannarxga ta’siri quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bu yerda, Tk tannarxning o‘zgarishi (%);
Puix  o‘rtacha ish haqining va mehnat unumdorligining
o‘zgarishi (%);
Dix mahsulot tannarxida ish haqining salmog‘i (%).

Korxonaning sanoat ishlab chiqarish xodimlarga mo‘ljallangan Tk ko‘rsatkichi ish haqi xisobiga olingan tannarxning kamayish salmog‘ini aks ettiradi. Tannarxning qolgan o‘zgarishlarini moddiy xarajatlar va boshqa sarflar (transport, ombor sarflari va x.k.) xisobiga kiritish mumkin. Mana shu salmog‘ni bilgan xolda osongina mehnat ko‘rsatkichlari xisobiga tannarx o‘zgarishining yig‘indisini aniqlash mumkin: o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlari mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlaridan ortib ketishi tannarxning ko‘payishini bildiradi («Q»  belgili natija), agar mehnat unumdorliging o‘sishi o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlaridan ortib ketsa unda tannarxning kamayishini bildiradi («-»  belgili natija).


Shunday qilib korxonada mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlarini o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlaridan ortib turishini doim nazorat qilib turish lozim.


- -

Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling