12-mavzu. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini tahlili
Download 73 Kb.
|
1 2
Bog'liq12-mavzu 1-ma`ruza
12-mavzu. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini tahlili. REJA
Ish haqi jamg‘armasini tahlil qilishning ahamiyati va vazifalari. Iste’molga ajratilgan mablag‘larning tarkibi. 1.Ish haqi jamg‘armasini tahlil qilishning ahamiyati va vazifalari. Ish haqi jamg‘armasi milliy daromadning xodimlar o‘rtasida mehnatining miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’mol maqsadlari uchun foydalaniladigan qismi. U mehnat bo‘yicha rejaning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, korxonalarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol va yillik rejalarida ko‘zda tutiladi. Korxonadagi mehnat rezervlaridan foydalanishni, mehnat unumdorligi darajasini tahlil qilishni mehnatga haq to‘lash bilan chambarchas bog‘liq ravishda qarab chiqish lozim. Mehnat unumdorligining ortishi bilan unga haq to‘lash darajasini oshirish uchun real shart-sharoitlar yaratiladi. Mehnatga haq to‘lash mablag‘laridan shunday foydalanish kerakki, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari unga haq to‘lashning o‘sish sur’atlaridan o‘sib ketishi kerak. Bunday o‘zaro nisbat 1-rasmda ko‘rsatilgan. Shunday sharoitda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’atlarini avj oldirish uchun imkoniyat yaratiladi. o‘sish
lari mehnat unumdorligi (%) o‘rtacha ish haqi 1-rasm. Mehnat unumdorligi va o‘rtacha ish haqining o‘sish sur’atlarining o‘zaro nisbati. Shu sababli har bir korxonada mehnatga haq to‘lash mablag‘laridan foydalanishni tahlil qilish katta ahamiyatga egadir. Bu jarayonda ish haqi jamg‘armasidan foydalanishni muntazam ravishda nazorat qilishni amalga oshirish, mehnat unumdorligining o‘sishi va mahsulotga mehnat sarflashni qisqartirish hisobiga mablag‘larni tejash imkoniyatlarini aniqlash zarur. Ish haqi sistemasini doimo shunday takomillashtirib borish kerakki, toki u mehnatning miqdori va sifatiga qarab haq to‘lash qonun-qoidalariga mos tushsin, uning sharoiti va natijalarini xisobga olsin, xodimlar malakasini, mehnat unumdorligini oshirishni, mahsulot sifatini yaxshilashni, barcha xil resurslardan oqilona foydalanishni va ularni iqtisod qilishni rag‘batlantirsin. Tahlilning asosiy vazifasi ish haqi jamg‘armasini tobora kamaytirish imkoniyatlarini aniqlash xisoblanadi, zero ish haqining tannarxda tutgan salmog‘i jihatdan yuqori bo‘lib, uni qisqartirish tannarxning kamayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida foyda va rentabellik darajasini oshiradi. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling