12– mavzu. Migrantlarni ijtimoiy muhofaza qilish muammolari


Download 111.36 Kb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi111.36 Kb.
#1302966
1   2   3   4   5
Bog'liq
12– MAVZU

«Ijtimoiy muhofaza»

«Ijtimoiy muhofaza» atamasi birinchi marta 1935 yilda AQSh­ning ijtimoiy muhofaza to`g`risidagi qonunida ishlatilgan edi. Bu qonun keksalik, o`lim, nogironlik va ishsizlikdan majburiy sug`urtalash institutini qonunan belgilab berdi. U mazkur mamlakat uchun yangilik bo`lgan edi.

Migrantlarni ijtimoiy muhofazalash ijtimoiy yordamning quyidagi turlari bilan ta`minlanadi:

Quyidagilar ijtimoiy muhofaza ob’yektlari hisoblanadi:

  • -pensiya yoshiga yetganlar;
  • -nogironlar;
  • -boquvchisini yo`qotgan bolalar;
  • -kam ta`minlangan oilalar farzandlari;
  • -ishsizlar;
  • -homilador ayollar va yosh bolalarga qarash bilan band bo`lgan ishlamayotgan ayollar; kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar;
  • -voyaga yetmaganlar va o`quvchi yoshlar;
  • -mehnatga layoqatsizlarga qarash bilan band bo`lgan ishlamayotgan mehnatga layoqatli fuqarolar.

12.2. Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi

Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi zamonaviy iqtisodiyotga xos xususiyat hisoblanadi. U har bir kishining ijtimoiy-iqtisodiy maqomidan qat’i nazar, mehnat imkoniyatlaridan to`laroq foydalanish va jamiyatdagi bar­qaror holatni kafolatlash imkonini beradi hamda «inson salohiyati»ni rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. hozirgi sharoitda inson salohiyatidan samarali foydalanish va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta`minlashga aynan shunday erishish mumkin. Bunday muhofaza ta`minlanmas ekan kishilarni qayta o`qitish, yangilikni o`zlashtirish, samarali ijod qilish kabi mehnat imkoniyatlaridan foydalanish mumkin bo`lmay qoladi. Samarali ijtimoiy muhofaza tizimining mavjudligi malakali xodim mehnatiga asoslanuvchi zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Samarali ijtimoiy muhofaza

Samarali ijtimoiy muhofazalash deganda, jamiyatning har bir a`zosiga ma`lum turmush darajasi, o`z qobiliyatini (mehnat, tadbirkorlik, shaxsiy) rivojlantirish va ulardan foydalanish, u yoki bu qobiliyatlar yo`qotilgan taqdirda (keksalar, nogironlar, kasallar, bolalar va boshqalar) kafolatlarni ta`minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimi tushuniladi.


Download 111.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling