12– mavzu. Migrantlarni ijtimoiy muhofaza qilish muammolari


Download 111.36 Kb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi111.36 Kb.
#1302966
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12– MAVZU

12– MAVZU. MIGRANTLARNI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH MUAMMOLARI

Reja

12.1. Ijtimoiy muhofaza bo`yicha asosiy tushunchalar

12.2. Ijtimoiy muhofazaning samarali tizimi

12.3. Ijtimoiy muhofaza shakllari va mexanizmlarini amalga oshirishda davlatning roli

12.1. Ijtimoiy muhofaza bo`yicha asosiy tushunchalar

Ijtimoiy muhofaza tizimi – aholining muhim hayotiy manfaatlari sohasi bo`lib, uning sifat va miqdor ko`rsatkichlari davlat va jamiyatning iqtisodiy, huquqiy va madaniy rivojlanish darajasidan darak beradi. Ijtimoiy muhofazalanish huquqi – insonning munosib turmush kechirishi uchun zarur bo`lgan hajmdagi fiziologik, ijtimoiy, moddiy, iqtisodiy, maishiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish imkoniyati hisoblanadi. Ijtimoiy muhofaza tizimini tashkil etish masalasi ko`p jihatdan mamlakatdagi milliy tartib, jamiyatdagi totuvlik darajasi, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning barqarorligi va dinamikasini belgilab beradi.

«Ijtimoiy muhofaza» kategoriyasi 

«Ijtimoiy muhofaza» kategoriyasi – bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar ilmiy apparatining atributi bo`lib, Zamonaviy mehnat iqtisodiyotida xodim va uning oila a`zolarini ijtimoiy muhofazalash va ularning turmushini moddiy vositalar bilan ta`minlash, hamda ishchi kuchining qattiq yemirilishini oldini olish nuqtai nazaridan ko`rib chiqadi.

XMTining 117-son Konvensiyasi

«Ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadlari va normalari to`g`risida»gi XMT 117-Konvensiyasining 25-moddasiga muvofiq, kishi o`z va oilasining sihat-salomatligi va farovon hayot kechirishini ta`minlash uchun zarur bo`lgan turmush darajasi, shu jumladan, oziq-ovqat, kiyim, uy-joy, tibbiy yordam va ijtimoiy xizmatga ega bo`lish huquqi, shuningdek ishsizlik, nogironlik yoki o`ziga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra tirikchilik vositalarini yo`qotgan boshqa hollarda ta`minot olish huquqiga ega.

BMT tavsiyasi

Ijtimoiy muhofaza kishilarning turmush darajasi bilan uzviy bog`langan bo`lib, u BMT tavsiyasiga muvofiq bir necha unsurni: salomatlik, demografiya sharoitlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, iste’mol va jamg`arish fondlarini; mehnat qilish sharoitlari, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish; ta`lim olish, savodxonlik, uy-joy, shu jumladan obodonlashtirish; ijtimoiy ta`minot, inson erkinliklarini o`z ichiga oladi.


Download 111.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling