Milliy daromad 1 mamlakatdagi milliy


Download 19.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.04.2023
Hajmi19.25 Kb.
#1341146
Bog'liq
Milliy daromad - Vikipediya



Milliy daromad
Milliy daromad - 1) mamlakatdagi milliy
iktisodiyotning xoʻjalik yurituvchi
subʼyektlari tomonidan muayyan bir
davrda (odatda bir yilda) moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlarida yaratilgan sof
mahsulot; yalpi mahsulot hajmidan uni
ishlab chiqarish uchun sarflanadigan
mehnat vositalari va buyumlarini
qoplaydigan mahsulot miqdorini —
qoplash fondini chegirib tashlangandan
keyin qoladigan mahsulot; 2) Gʻarb


mamlakatlari iqtisodchilari talqinida
mamlakatdagi mehnat, kapital va yer
egalarining bir yilda olgan ish haqi, foyda,
foiz va renta kabi daromadlari yigʻindisi.
Yil davomida yaratilgan yalpi mahsulot
qiymati 2 qismdan iborat: ilgari yaratilgan
va sarflangan ishlab chiqarish
vositalarining mahsulotga koʻchirilgan
qiymati; yangidan yaratilgan qiymat.
Yangidan yaratilgan qiymat sof
mahsulotning (Milliy daromadning)
qiymatidir. Milliy daromad moddiy ishlab
chiqarish tarmoqlaridagi korxonalar sof
mahsulotlarining yigʻindisi sifatida
hisoblanadi. Ayrim tarmoq yoki
korxonalarning sof mahsuloti uning yalpi


mahsuloti va moddiy ishlab chiqarish
sarflari oʻrtasidagi farq (qoldiq) sifatida
aniqlanadi. Xizmat koʻrsatuvchi firmaning
yalpi pul tushumidan xizmat koʻrsatish
boʻyicha moddiy sarflar chegirilib, xizmat
koʻrsatuvchi firmaning (korxonaning) pul
shaklidagi yalpi daromadi aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Milliy
daromadni moddiy ishlab chiqarish
sohasida yaratilgan sof mahsulot sifatida
hisoblash boʻyicha katta tajribalar
toʻplangan. Chunki yaqin oʻtmishda
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va
foydalanilgan Milliy daromad sof
mahsulot sifatida hisoblangan. Bunday
qoidaning hozirgi paytda ham amal


qilishi juda katta ijtimoiy-iktasodiy
ahamiyatga egadir, chunki bu usul ishlab
chiqariladigan mahsulotni, qoplash
fondini va sof mahsulotni hisoblash,
isteʼmolni va jamgʻarishni
optimallashtirish siyosatini oʻtkazishga
imkon beradi. Sof mahsulotning muttasil
koʻpayishi, oʻsishi esa ishlab chiqarish
sohasida va boshqa sohalarda band
kishilar, korxonalar va tashkilotlar moddiy
taʼminlanishini yanada oshiradi.
Jamiyatda olinadigan ish haqi, foyda,
renta, foiz kabi daromadlar yigʻindisi —
birlamchi pul daromadlari va ularni qayta
taqsimlashlar (shu jumladan, xizmatlar,
ijara, prokat, qarz, soliq kabilar orqali


qayta taqsimlashlar) natijasida hosil
boʻladigan ikkilamchi va h. k. pul
daromadlar yigʻindisidir. Shuning uchun
ham muomaladagi pul massasi ham, ish
haqi, foyda, renta va foiz shaklida olingan
pul daromadlari yigʻindisi ham
jamiyatning haqiqiy Milliy daromad boʻla
olmaydi, chunki qogʻoz pullar va pul
daromadlari haqiqiy, real daromad emas,
ularning miqdoriga va xarid kuchiga koʻp
omillar taʼsir etadi.
Har qanday mamlakatda, jamiyatda
moddiy ishlab chiqarish sohasi
tarmoqlarida yaratilgan sof
mahsulotlardan iborat Milliy
daromadgina boshqa shart-sharoitlar


teng va oʻzgarmas boʻlganda, butun xalq
isteʼmolini va mamlakat iktisodiy
taraqqiyotini taʼminlashning, har bir
shaxs va barcha aholi real daromadlarini
oshirishning juda muhim moddiy
asosidir. Milliy daromad moddiy ishlab
chiqarish sohasida yaratilgan sof
mahsulotnigina qamrab oladi. Shuning
uchun ham milliy hisoblar tizimita oʻtish
munosabati bilan xalqaro hisobkitoblar
uchun BMTning tavsiyasiga binoan, Milliy
daromad oʻrniga yalpi milliy mahsulot,
1993-yildan esa yalpi milliy daromad
koʻrsatkichi qoʻllanila boshladi.
Adabiyot


Smit A., Issledovaniye o prirode i
prichinax bogatstva narodov, M., 1962;
Rikardo D., Soch. T. I. Nachala
politicheskoy ekonomiki i nalogovogo
oblojeniya, M., 1955.
Erlis Ashqulov.
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 23-Mart 2023, 17:47 da
tahrir qilingan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Milliy_daromad&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Milliy_daromad&oldid=36253
12" dan olindi 


Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 19.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling