12-mavzu. Milliy iqtisodiy rivojlanishining makroiqtisodiy dasturlarini tuzish Reja


Download 35.34 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi35.34 Kb.
#1448665
Bog'liq
12 мавзу.


12-mavzu. Milliy iqtisodiy rivojlanishining makroiqtisodiy dasturlarini tuzish


Reja:

  1. Iqtisodiy tizimlar tavsifi va ularning modellarini turlari.

  2. Makrostrategiyalar tanlashning xorijiy tajribasi. Makrostrategik dasturlar.

Tayanch so’z va iboralar: iqtisodiy tizimlar, iqtisodiy modellar, iqtisodiyotning barqarorligi, doiraviy modellar, bozor mexanizmi, makrostrategiya, makrostrategik dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, amerikacha model, yaponcha model, shvedcha model.
1-savol bayoni: Inson va jamiyatning faoliyati uchun ma’lum shart sharoitlar zarur bo’ladi. Bunday sharoitlar korxona va tashkilotlar, boshqaruv idoralari, uy xo’jaligi faoliyatida yaratiladi va amalga oshiriladi. Insoniyat uchun zarur bo’lgan ne’matlar va ob’ektiv tarzda tark topgan iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish uchun umum jarayoni iqtisodiy tizimni tashkil topadi. Hamda insoniyat tuzilishiining asosi hisoblanadi.
Har bir mamlakat o’zini ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va milliy xususiyatlarini ob’ektiv aks ettiruvchi iqtisodiy tizimni aks ettiradi. Iqtisodiy tizimlar asosan ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulkchilik shakllari va iqtisodiy faoliyatni boshqarish usuli bilan farqlanadi. Ularni shartli ravishda 3 turga ajratish mumkin:
1. Ustun darajada mulkka asoslangan bozor tizimi bo’lib, unda xo’jalik yurutuvchi sub’ektlarning faoliyatlari davlat tomonidan umuman tartibga solinmaydi, Iqtisodiyotning barqarorligi va taraqqiy etish bozor mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Erkin narxlar va raqobat bozor mexanizmini harakatga keltiruvchi kuch bo’lib hisoblanadi.
2. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi hisoblanib, birinchisiga butunlay qarama qarshi. Bu tizimda ishlab chiqarish vositalari asosan davlat mulki hisoblanadi. Davlat tomonidan resurslar, mahsulotlar va daromadlarning barcha doiraviy aylanishi ko’rsatmali solishtirish vositasi orqali qat’iy boshqarib boriladi.
3. Aralash tizim hisoblanib hozirgi zamon taraqqiy etgan mamlakatlariga tegishli. Bu tizimda mulkchilikning barcha shakllari (hususiy, jamoa, davlat va boshqalar ) teng huquqga ega bo’lib, unda iqtisodiy faoliyatni boshqarish bozor mexanizmi va davlatning keng aralashuvi yordamida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda bozor va davlat munosabatlari bir hil emas. Masalan: Ko’pchilik Evropa mamlakatlarida iqtisodiyotni boshqarishda davlat sezilarli o’rin egallasa, AQSh da aksincha, keng imkoniyatlar hususiy tadbirkorlikka berilgan.
Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, agarda iqtisodiy tizimlar mulkchilikning qandaydir bir shaklga ustun darajada asoslangan bo’lsa, ular barqarorlik va o’z-o’zida rivojlanish xususiyatiga ega bo’lmaydi. Bunda u hoh xususiy hoh u davlat mulki bo’lmasin. Shuning uchun ham aralash iqtisodiy tizimni shakllantirish va yanada rivojlantirish jahonning barcha mamlakatlariga xos bo’lgan yo’nalish hisoblanadi hamda bunda davlatga taqsimlash va qayta taqsimlashda keng vakolatlar beriladi.
2-savol bayoni: Hozirgi zamonda sof iqtisodiy sistemaga asoslangan davlatni topib bo’lmaydi. Har bir tizim xo’jalik yuritishning milliy modeliga ega. Ma’muriy buyruqbozlik sovet, xitoy modellari mavjud edi. Shulardan eng mashhurlarini sanab o’tamiz.
Amerikada model - tadbirkorlik faolligini taqdirlash, faol aholini boyitish asosiga tuzilgan. Kam ta’minlanganlarni qisman engillashtirish va yordam berish ko’zda tutilgan. Bu model mehnat unumdorligini yuqori bo’lishiga va shaxsiy muvaffaqiyatga erishishga asoslanadi.1
Yaponcha model - aholini yashash darajasini (shu jumladan ish haqi darajasi) mehnat unumdorligidan orqada qolish bilan xarakterlanadi. Shu asosda dunyo bozorida tannarxni pasayishiga erishiladi. Bu model milliy o’z-o’zini anglashga, millatni qiziqish bilan har bir insonning qiziqishdan ustun bo’lsa mamlakatning gullab yashnashida ma’lum yo’qotishlar hisobiga bo’ladi.
Shvedcha model-kuchli ijtimoiy siyosatga asoslanadi. Bu davlat qo’lida asosiy foidalarning 4 foizgina bo’ladi, davlat xarajatlari esa YaIMning 70 foizni tashkil etadi. Xarajatlarning yarmidan ko’proq ijtimoiy ehtiyojlarga ishlatiladi. Shvetsiyada soliqlar miqdori juda yuqori, shuni hisobiga aholi turmush darajasi eng yuqori davlat hisoblanadi. Bunday model «funktsional ixtisoslash» degan nom olgan. Hususiy korxonalarga yuklatilgan, aholini yuqori turmush darajasini ta’minlash esa (bandlilik, ta’lim, ijtimoiy sug’urta) davlatga yuklatilgan.
Rejali iqtisod 1990 yillarga o’zini imkoniyatlarini yo’qotdi.
O’zbekiston 1991 yil mustaqil bo’lgandan keyin bozor iqtisodiyotiga o’tishning reformasi ishlab chiqiladi. Aralash iqtisodiyot vujudga keldi.
Birinchi Prezidentimiz tomondan aralash tizimning milliy modeli ishlab chiqildi. Ijtimoiy himoyalangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlatni qurishga kirishildi. Yuqorida ko’rsatilgan modellar asosida makrostrategiyalar tanlash mumkin.
Respublikamizda sotsial-iqtisodiy rivojlanishda 5 tamoyilga asoslanadi:
1. Iqtisodni siyosatdan ustunligini ta’minlash.
2. Huquq ustuvorligini ta’minlash.
3. Davlat asosiy islohatchi.
4. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.
5. Kuchli ijtimoiy himoya.
Makrostrategik dasturlar ishlab chiqishning asosiy yunalishlari.
Makrostrategik dasturlarga:
-davlatning ijtimoiy siyosati bo’yicha - dasturlar:
-aholini turmush darajasini strategik rivojlantirish.
-aholini takror ishlab chiqarish ishchi kuchi va bandlilik dasturlari.
-ijtimoiy soha tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari.
-ilmiy-texnika taraqqiyoti dasturlari.
-ekologiya bo’yicha dastur va hoqazolar.

1 Mc Connell, Brue. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2014.

Download 35.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling