12-mavzu: Mutaxassislik fanlarining didaktik ta’minotini ishlab chiqish mashg’ulot ishlanmalarini tayyorlash Reja


Download 222.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.09.2023
Hajmi222.98 Kb.
#1686663
  1   2   3   4
Bog'liq
12 lek



12-mavzu: Mutaxassislik fanlarining didaktik ta’minotini ishlab chiqish mashg’ulot 
ishlanmalarini tayyorlash 
Reja 
1. Mutaxassislik fanlarining didaktik ta'minoti tushunchasi, uning mazmun mohiyati. 
Didaktika - ta’lim va o'qitish nazariyasi ekanligi.
2. Didaktikaning maqsad - vazifalari va asosiy tushunchalari.
3. Didaktikaning asosiy tushunchalari: ta’lim, ta’lim jarayoni, ta’lim tamoyillari, ta’lim 
metodlari, ta’lim shakllari, ta’lim vositalari, bilim ko‘nikma, malaka, o’qitish. 
Didaktika haqida tushuncha. 
Uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o`rganish ishlari olib borilmadi
shuning uchun o`z nazariyasiga ega bo`lmadi. Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o`zgarishlar 
olib keldi: aynan o`sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning 
ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. 
Didaktika yunoncha “didaktikos” “o`rgatuvchi”, “didasko” – “o`rganuvchi” ma’nosini 
bildiradi ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari
o`qituvchi va o`quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim 
jarayonini takomillashtirish yo`llari va hokazo muammolar)ni o`rganuvchi fan. 
Didaktika atamasini nemis pedagogi 1571-1635 yillarda yashab ijod etgan Volfgang Ratke 
fanga 1613-yilda “Didaktika yoki ta’lim san’ati” deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan deb 
hisoblanadi. 
Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni 
tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor chex pedagogi 1592-1670 yillarda 
yashab ijod etgan Ya.A.Komenskiy tomonidan 1657-yilda chex tilida “Buyuk didaktika” asarini 
yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati” deb tushuntirdi. 
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o’qitish jarayonining mohiyati, 
ta’limning mazmuni, o’qitish qonuniyatlari, o’qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy 
shakllari yoritiladi. 

Download 222.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling