12-mavzu. Nafosat falsafasi (Estetika) Reja


Download 157.5 Kb.
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi157.5 Kb.
#1835679
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-MAVZU

12-mavzu. Nafosat falsafasi (Estetika)

Reja:



1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati.
2. Estetikaning zamonaviy yondashuvlari.
3. Reklamaning estetik didni tarbiyalashdagi roli.
4. Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari.
5. Olamni virtual va vizual estetik idrok etishning farqlari.
6. Badiiy asarni estetik idrok etishning darajalari. San’atdagi inqiroz (degumanizatsiya).


Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda, milliy, mintaqaviy va global miqyosda kechayotgan jarayonlar, hamda, mamlakatitmizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi chuqur islohatlar davrida, fanlarning, shu jumladan, klassik fanlarning fundamental nazariy asoslarini bilmasdan turib jamiyat barqarorligiga erishish mumkin emas.
Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilanHV.KJ belgilanadi. Estetik tafakkur taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va amaliy jihatlarini shakllanish, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda, chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal qila boshlaydi.
Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi”.
Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyatda vujudga kelayotgan yangi talablar, g‘oyalar va estetik ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari, yangi ifoda usullari, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir. Jamiyatning estetik didi va estetik ehtiyojini o‘rganish-bu inson ma’naviyati, madaniyatini kamol toptirish bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati qonuniyatlarini va marketiningni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, uning barobarida hayot sifatini yaxshilash demakdir. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida; san’atda, sportda, tibbiyotda, badiiylik bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarida, dizaynda, keng qo‘llanmoqda va ular estetikaning obyektini toboro kengaytirmoqda.
Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar (aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana va marosimlari, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi, mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb hisoblaymiz. Shuningdek, sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani shakllanib bordi va rivojlandi.
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laebnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi Laebnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi, chunki estetika go‘zallikni san’atni, badiiy ijodni boshqalarni o‘rganadi.
Estetika fani etika, psixologiya sotsiologiya, dinshunoslik, pedogogika, semiotika san’atshunoslik fanlari bilan uzviy aloqador va falsafiy fan hisoblanadi.Ma’lumki, bilish nazariyasida, bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini o‘rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va asosiysi mezonlarini tadqiq etadi.
Estetika fanining qonuniyatlarini kelib chiqishida ham badiiy bilim muhim o‘rin egallaydi. Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyasining o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida, asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha, o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Shuningdek, o‘yin vositasidagi bilim ham san’atning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta qismini o‘zlashtiradi, madaniy boyliklar yaratadi.
Farobiy yozgan edi: «Inson o‘zining alohida xususiyatlari bilan barcha hayvonlardan farq qiladi, chunki unda jon bor, undan tana a’zolari vositasida ta’sir etuvchi kuchlar paydo bo‘ladi, bundan tashqari, unda tana a’zolarining vositasisiz ta’sir etuvchi kuch ham bor; bu kuch aqldir».
Ong – odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir; insonning ma’naviy dunyosidir, o‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning tashqi dunyoga munosabatidir. Ong, tafakkur, psixika – bu materiyaning eng asosida, negizida yotgan aks ettirish layoqatining muqarrar oqibatdir.
Suqrot-san’at taqlid orqali hayotni in’ikos (aks ettirish) ettirish ekanligini ta’kidlaydi. San’at asari tabiat asari singari shakl va materiya (modda) birligidan iborat. San’at tabiatga taqlid qiladi va ana shu taqlid natijasida tabiatga o‘xshab organizm yaratadi.
Kishining, aytaylik, biron-bir voqeani boshidan kechirishi esa uning taqqoslashini, o‘ylashini, ideallashtirishini, abstraktlashtirishini, chalg‘ishini, ya’ni tafakkur amaliyotidan foydalanishini bildiradi.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling